Visa, Mastercard va UnionPay kartalari: tariflar va shartlar

Hozirda mavjud 35ta bankdan 27tasida xalqaro kartalarni ochish mumkin.

hafta yakuni, yangiliklar


AQShning Global UGRAD dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda o‘zbekistonlik bakalavr bosqichi talabalari ham ishtirok etishlari mumkin. Dastur ishtirokchilarning barcha xarajatlarini qoplab beradi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Biz onlayn-bankingni haddan tashqari liberallashtirib yubordik” — Mamarizo Nurmuratov

Markaziy bank onlayn kreditlar berish bo‘yicha yaqinda joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarni kelasi yilning aprel oyidan keyin ham saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


Startaplar uchun sarmoya: O‘zbekistonda loyihalarni kimlar qo‘llab-quvvatlaydi?

Ko‘plab startaplar dastlabki bosqichda moliyalashtirish muammosiga duch keladi. Bir nechta fondlar yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lib, ular qanday loyihalarni tanlashi va startaplarda nimani qidirishini tushunish muhimdir. Spot startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armalarni to‘pladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Ilon Maskning boyligi birinchi marta $300 mlrddan oshdi.
    9-noyabr holatiga, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbarining boyligi $314 mlrdga baholanmoqda.
  2. Geely O‘zbekiston bozoriga 2025-yilda kirishni rejalashtirmoqda.
    Bungacha Xitoy kompaniyasi mamlakatda tadqiqot va sinov jarayonlarini o‘tkazadi. Chuqur o‘rganishlar asosida brend o‘z avtomobillarini taqdim etadi.
  3. 2028-yilgacha umumiy ovqatlanish korxonalari va mehmonxonalarga QQSning bir qismi qaytariladi.
    Shuningdek, restoran va kafelarga jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini naqd pulga sotib olishga ruxsat beriladi.
  4. Trampning g‘alabasi dunyoning eng boy o‘nta odamiga $64 mlrd foyda keltirdi — Bloomberg.
    Qayd etilishicha, asosiy foyda oluvchi Ilon Mask bo‘ldi, uning boyligi bir kunda $290 mlrdgacha o‘sdi.
  5. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga — $43,14 mlrdga yetdi.
    O‘z navbatida, oltin qiymati ham rekord ko‘rsatkichini yangiladi — $33,36 mlrd.
  6. Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanadi.
    Tegishli qonun loyihasi 2025-yilda qabul qilinishi mumkin. Ularning yoshi esa biometrik ma’lumotlar yoki hujjatlar orqali tekshiriladi.
  7. Bir kunda propanning birjadagi narxi deyarli 12%ga pasaydi.
    Bunga sabab Raqobat qo‘mitasi tomonidan narxlar o‘sishini cheklashga qaratilgan choraning kiritilishi bo‘lishi mumkin.
  8. Instagram o‘smirlarning yoshini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanishni rejalashtirmoqda.
    Qayd etilishicha, keyingi yil boshida Meta 18 yoshdan kichik foydalanuvchilarni aniqlay oladigan kattalar klassifikatori vositasidan foydalanadi.
  9. 2025-yil yakunigacha 32 mingdan ortiq elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
    Avtoturargohlarda kamida bitta joy elektromobillarni quvvatlash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Davlat tasarrufidagi bo‘sh turgan yerlar hamda davlat korxonalari hududida stansiyalarni o‘rnatish auksion orqali amalga oshiriladi.
  10. Germaniya prokuraturasi Alisher Usmonovga nisbatan pul yuvish bo‘yicha tergovni to‘xtatdi.
    Usmonovning advokatlariga ko‘ra, ikki yil davomida tergov tadbirkorga qarshi dalil topmagan va ayblovlarni isbotlay olmagan.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

UNICON.UZ va H3C hamkorligi O‘zbekistonda bulutli xizmatlarni rivojlantirishga yordam beradi

H3C va UNICON.UZ data markazlarida bulutli texnologiyalar uchun yechimlar joriy etishga qaratilgan qo‘shma loyihani olib bormoqda.


Noventiq Uzbekistan bosh direktori kompaniyaning 20 yillik tajribasi va Noventiq brendi ostidagi yangi bobi haqida so‘zlab berdi

Noventiq Uzbekistan bosh direktori Oleg Mishagin intervyuda kompaniyaning bozordagi 20 yillik tajribasi, Softline brendidan Noventiq brendiga o‘tishi va kompaniya O‘zbekistondagi biznesga raqamli o‘zgarishlar bilan hamqadam bo‘lishda qanday yordam berayotgani haqida so‘zlab berdi.


Click umummilliy ekologik dasturi — Yashil Merosʼni ishga tushirmoqda

Yashil Meros dasturi O‘zbekiston aholisini, jumladan, Click’ning 18,4 milliondan ortiq foydalanuvchisini atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga jalb etadi.


Optimo: do‘konni avtomatlashtirish va muvaffaqiyatga erishishning kaliti

Optimo do‘konni avtomatlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va foydani oshirish imkoniyatini taqdim etmoqda.