“LG” kompaniyasi 50%ga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan displeyni ishlab chiqdi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.

Displey Seuldagi “LG” ilmiy parkida taqdim etildi. Uning o‘lchami 12 dyuym, lekin 18 dyuymgacha cho‘zilishi mumkin, dedi kompaniya.

“LG” 2022-yil noyabr oyida 20%ga buklash, burash va cho‘zish mumkin bo‘lgan “elastik” displeyning birinchi prototipini taqdim etdi. U kontakt linzalar uchun ishlatiladigan maxsus turdagi kremniydan tayyorlangan.

Yangi versiyada kompaniya simlarning “yangi dizayni” orqali cho‘ziluvchanlik va egiluvchanlikni yaxshilandi.

Shuningdek, displeyga to‘lqin uzunligi 40 mikrometrgacha bo‘lgan mikrodonlar o‘rnatildi, bu esa mustahkamlik chegarasini taxminan 10 ming marta cho‘zilishga oshirish imkonini berdi.

“LG” kompaniyasining aytishicha, elastik displeylar yengil bo‘lib, egilgan yuzalarga yopishib turish xususiyatiga ega.

Kompaniyaning fikricha, bunday displeylardan avtomobillarda, kiyiladigan qurilmalarda, shuningdek, moda sohasida foydalanish mumkin.


Avvalroq “Spot” “LG” avtomobildagi yo‘lovchilar uchun maxsus displey taqdim qilishi haqida yozgandi.

Uning o‘ziga xosligi shundaki, haydovchi yo‘lovchining oldidagi ekranni ko‘ra olmaydi va chalg‘imaydi.