Bu yil O‘zbekistonda propan narxi keskin oshdi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida suyultirilgan gaz narxi yillik nisbatda deyarli ikki barobarga oshgan.

Yaqinda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov suyultirilgan gaz narxining keskin ko‘tarilishini ishlab chiqarishning yetarli darajada o‘smaganligi, propanda yuruvchi avtomobillar sonining ko‘payib borganligi va qayta sotuvchilarning paydo bo‘lganligi bilan tushuntirdi.

Noyabr oyi boshida propan narxi 15%dan ko‘proqqa oshib, bir tonnasi 10 mln so‘mdan oshdi va AI-80 benzinining narxini ortda qoldirdi. Bunga javoban Raqobat qo‘mitasi 6-noyabrdan boshlab suyultirilgan gaz narxlarining sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 20% miqdorida o‘sishini cheklovchi chegara (spred) o‘rnatdi.

Narxlarning keskin pasayishiga qaramay, birjadagi propan taklifi deyarli ikki baravar kamaydi — 2 ming tonnadan 1 ming tonnagacha.

Ma’lum qilinishicha, 6-noyabr kuni propanning birja narxi keskin pasaygan, chunki suyultirilgan gazning boshlang‘ich narxi bozor narxidan ancha past bo‘lgan. Shunday qilib, narxlarning yuqori darajasi birja kotirovkalarini sun’iy ravishda ushlab turadi, bu esa raqobatni cheklaydi, chunki barcha ishtirokchilar ruxsat etilgan maksimal narxni taklif qilishlari mumkin.

“Spot” bilan suhbatlashgan brokerlardan biri narxlarning o‘sishiga cheklov joriy etilgandan so‘ng, Samarqand viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi egasi mijozlari uchun suyultirilgan gaz sotib ololmaganini aytdi. Suhbatdosh “oddiy lotereya” deb atagan propan savdosi jarayonini ko‘rsatdi.

Savdolar soat 10:30da boshlandi, ammo broker ularni imkon qadar tezroq yuborish uchun ikkita buyurtmani oldindan tayyorlab qo‘ygan edi. Biroq, birja tizimi ularni olti soniyalik kechikish bilan ro‘yxatga oldi. Natijada, brokerning buyurtmalari takliflar ro‘yxatining (birja stakanining) oxirida qoldi, propan esa tizim buyurtmalarini oldinroq qabul qilgan ishtirokchilarga berildi. Shu bilan birga, har bir savdo ishtirokchisi ruxsat etilgan eng yuqori narxni ko‘rsatgan edi.

Bundan tashqari, birjada propanni bir qo‘lga sotish hajmi bo‘yicha cheklov o‘rnatilgan. Xususan, bir kompaniyaga hisoblanganda 10 tonnadan ortiq bo‘lmagan suyultirilgan gaz xarid qilishga ruxsat etiladi. Brokerning aytishicha, bu talab taklifdan yuqori bo‘lgan sharoitda xaridorlar sonini cheklaydi.

Boshqa bir broker ham “Spot” bilan suhbatda Toshkent viloyatidagi mehmonxona majmuasini isitish uchun suyultirilgan gazdan foydalanayotgan mijozi uchun propan sotib ololmayotganidan shikoyat qildi.

Suhbatdoshning qo‘shimcha qilishicha, propan bilan birja savdolariga faqat ro‘yxatlarga kiritilgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarigina qo‘yiladi. Shu bilan birga, qolganlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri import qiluvchilardan suyultirilgan gazni sotib olishga majbur bo‘lmoqda.

Xuddi shunday holat o‘tgan yili AI-80 benzini bilan ham kuzatilgan. O‘shanda yoqilg‘i sotib olish limitining joriy etilishi xaridorlar sonini qisqartirib, ayrim avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining yopilishiga olib kelgan.


Avvalroq “Spot” Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda ekologik reydlar tashkil etilayotagni haqida yozgandi.

Atmosferaga chiqindi chiqaradigan barcha obyektlar, shu jumladan umumiy ovqatlanish sohasi ham nazoratga olinadi.