“IT Park” “Unreal Engine 5 yordamida kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish” mavzusidagi bepul ma’ruzaga taklif etadi.
“Unreal Engine 5 yordamida kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish” ma’ruzasida barcha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar butun ma’ruza davomida kompyuter o‘yinlari, jumladan Aleksandr Muxitdinovning o‘yini misolida namoyish etiladi.
Unda siz “Blueprint”, “UMG”, “Material” va boshqa ko‘plab vositalar haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.
Ma’ruzani Toshkentdagi “Epic Games” (AQSh) tomonidan tasdiqlangan rasmiy “Unreal Engine” guruhining o‘qituvchisi, dasturchisi va tashkilotchisi Aleksandr Muxitdinov olib boradi.
Ishtirok etish uchun “Unreal Engine” bo‘yicha oldindan tajribaga ega bo‘lish talab etilmaydi.
Ma’ruza 22-noyabr kuni soat 18:00dan 20:00gacha “IT Park"ning Maxtumquli ko‘chasidagi filialida bo‘lib o‘tadi.
Unda ishtirok etish uchun xohlovchilar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Avvalroq “Spot” “IT Park” Janubiy Koreyada o‘z vakolatxonasini ochgani haqida yozgandi.
Bu orqali Koreya bilan o‘yin ishlab chiqarish, SmartPharm hamda bulutli texnologiyalar sohalarida kichik alyanslar tashkil etish rejalashtirilmoqda.