13-noyabr kuni bitkoin kursi birinchi marta $93 mingga yaqinlashdi.

“Coinmarketcap” ma’lumotlariga ko‘ra, savdoning yuqori nuqtasida token $92,829dan sotilgan, keyinchalik uning narxi pasaydi.

bitkoin, rekord

Toshkent vaqti bilan soat 21:00 holatiga ko‘ra kriptovalyuta narxi $92,771ni tashkil qildi.

6-noyabr kuni bitkoin qisqa vaqt ichida birdaniga 8%ga qimmatlab, $75 mingga, 7-noyabrda — $76 mingga, 8-noyabrda esa $77 mingga yetdi.

10-noyabr kuni bitkoin kursi birinchi marta $80 mingdan oshdi.

“Binance” ma’lumotlariga ko‘ra, savdoning yuqori nuqtasida token $80,080dan sotilgan, keyinchalik uning narxi $79,657gacha pasaygan.

Prognozlarga ko‘ra, bitcoin narxi 2024-yil oxiriga kelib $160 mingga, 2025-yilning ikkinchi yarmida esa $350 mingga yetishi mumkin.