Markaziy bankning 13-noyabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 793,38 so‘m so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 12-noyabr kuni belgilangan 12 803,81 so‘m qiymatga nisbatan 10 so‘m 43 tiyinga pasaydi.
13-noyabr kuni “KDB Bank Uzbekistan”, “Ipotekabank”, “Infinbank”, da sotish kursi 12 855 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 850 so‘mdan 12 820 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 790 so‘mdan 12 720 so‘mgacha yetdi.
Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi.
Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.
Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq.
O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.