Shveysariyaning École polytechnique fédérale de Lausanne (EPFL) kompyuter va kommunikatsiya fanlari maktabining yozgi dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Dastur 2025-yil uchun o‘tkazilmoqda hamda unda butun dunyodan bakalavr va magistratura talabalari hujjat topshirishlari mumkin.
Xususan, unda kompyuter fanlari, kompyuter injiniringi, telekommunikatsiya hamda elektrotexnika sohalaridan birida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etish imkoniyatiga ega.
Amaliyot davomiyligi 3 oyni tashkil etib, qabul qilinganlarga oylik 1800 CHF ($2055) miqdorida stipendiya ajratilib, ularning borish-kelish xarajatlari qoplab beriladi.
Bakalavr nomzodlar o‘qishining kamida birinchi yilini tamomlagan, magistratura nomzodlari esa 1-bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi kerak.
Onlayn ariza jo‘natish jarayonida CV, baholar transkripti hamda motivatsion xatni PDF shaklida yuklash zarur.
Bundan tashqari, agar hujjatlar ingliz tilida bo‘lmasa, asl nusxasi bilan birga tarjima qilingan shaklini ham jo‘natish talab etiladi. Bunda, tarjima rasmiy bo‘lishi shart emas, nomzod mustaqil tarjima qilib jo‘natishi mumkin.
Unda ishtirok etish uchun arizalarni joriy yilning 1-dekabrigacha havola orqali jo‘natish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Ko‘p beriladigan savollar bilan bu yerda tanishish mumkin.
Avvalroq AQShning “Global UGRAD” dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Unda o‘zbekistonlik bakalavr bosqichi talabalari ham ishtirok etishlari mumkin. Dastur ishtirokchilarning barcha xarajatlarini qoplab beradi.