Ijtimoiy tarqmolarda “UzAuto Motors” “Chevrolet Onix” va “Tracker” avtomobil modellarini foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyatini taqdim etishi mumkin deya xabarlar tarqaldi.

Kompaniya mazkur ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

“„UzAuto Motors“ tomonidan Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilish taklifi rejalashtirilmagan”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya faoliyati haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni “UzAuto Motors” rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan olish mumkinligini qayd etdi.

Avvalroq “UzAuto Motors” “avtomobillar qabristoni” haqidagi xabarni rad etgandi.

Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, video Andijon viloyatidagi avtosalonlardan biriga avtomobillarni jo‘natish vaqtida suratga olingan.


Avvalroq “Spot” Raqobat qo‘mitasi “UzAuto Motors” va uning dileriga nisbatan ish qo‘zg‘atgani haqida yozgandi.

Fuqaroga tegishli Lacetti L-Stayle MT rusumli avtomobilida yong‘in yuzaga kelishi sabab, kompaniyaga 40ga yaqin bu turdagi avtomobillarni chaqirib olib, texnik ko‘rikdan o‘tkazish topshirildi.