“YouTube” “Dream Track” sun’iy intellekt tajribasi doirasida qo‘shiq uslubini o‘zgartirish funksiyasini qo‘shdi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.
Neyron tarmog‘i original qo‘shiqning ovozi va matnini saqlab qolgan holda 30 soniyalik rolik uchun kompozitsiyaning janri va kayfiyatini o‘zgartirishi mumkin.
Sinov rejimida cheklangan foydalanuvchilar “Restyle a track” tugmasini bosish orqali tanlangan musiqachilarning litsenziyalangan qo‘shiqlarini qayta yaratishi mumkin.
Biroq remiks yaratish uchun qanday qo‘shiqlar mavjudligi aytilmagan.
Qayta ishlangan treklar asl nomi va kompozitsiya muallifi ko‘rsatilgan holda sun’iy intellekt kontent sifatida belgilanadi.
Avvalroq “YouTube” musiqa yaratish uchun sun’iy intellekt xizmatlarini namoyish etgandi.
Neyron tarmoqlar “Google DeepMind” tomonidan ishlab chiqilmoqda va qo‘shiq mualliflari va prodyuserlardan iborat “Music AI Incubator” loyihasi doirasida xizmatlar sinovdan o‘tkazilmoqda.
Neyron tarmoq orqali tegishli to‘qqiz nafar ijrochidan birining uslubida 30 soniyali qo‘shiq yaratish mumkin.
Avvalroq “Spot” “YouTube” sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentni alohida belgi bilan ko‘rsatishi haqida yozgandi.
Platformaga video yuklashda muallifdan sun’iy intellektdan foydalanish haqida tomoshabinlarni xabardor qilish so‘raladi. Tegishli belgi video tavsifida ko‘rsatiladi.