Joriy yil 6-noyabr kuni “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi kampusida raqamli kompetensiyalar va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan ta’lim mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktabning 50 dan ortiq hamkorlari, jumladan, TBC Bank, payme, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti, Startup Garage, Aloqa Ventures MCHJ, “Olmaliq KMK” AJ, PDP universiteti va boshqa shu kabi yetakchi IT kompaniyalari, OTMlar va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad hamkorlarni korporativ jamoalar uchun to‘rtta qisqa muddatli intensiv kurslar, raqamli ko‘nikmalar bo‘yicha 3,5 oydan 6 oygacha davom etadigan onlayn dasturlar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ta’lim yechimlari bilan tanishtirishga qaratildi.
“Ma'lumki, zamonaviy kompaniyalarga o‘z jamoalarini kasbiy o‘sish va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari bilan ta’minlash juda muhim sanaladi. 'School 21' yondashuvining o‘ziga xosligi „tengdosh-tengdoshga“ yoki peer-to-peer metodologiyasidan foydalanish ekanini alohida e’tirof etish lozim. Zero, bu raqamli va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishni tezlashtiradi hamda yetakchilik, jamoada ishlash, muammolarni hal qilish va o‘z o‘zini tashkil etish kabi yumshoq kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradi. Biz o‘qish jarayonini yanada qiziqarli va samarali tashkil etish maqsadida jamoani shakllantirish muhitini umumiy takliflar va yangi, qiziqarli vazifalar orqali yaratamiz”, — dedi “School 21” asosiy ijrochi direktori Zarina Luxmanova.
Taqdimot davomida mehmonlar “School 21” tomonidan ishlab chiqilgan to‘rtta asosiy intensiv kurs bilan tanishtirildi. Intensivlar — bu qisqa muddatli, ammo mukammal o‘quv dasturlari bo‘lib, fan sohasiga tezda kirishish va yetarli darajada amaliy ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi.
Ushbu kurslar maktab kampuslarida to‘liq ishtirok asosida o‘tkaziladi va asosiy raqamli hamda boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi. Ular orasida:
- ma’lumotlar tahlili intensivi: 6−7 kunlik dastur davomida ishtirokchilar ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish asoslari bilan tanishtiriladi. Ular o‘yin formati asosida moslashishni, qisman noaniqlik sharoitida harakat qilishni, jamoaning boshqa a’zolari bilan bog‘lanishni va shu orqali topshiriqlar yechimini jamoaviy hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
- IT loyihalarini boshqarish intensivi: bu rahbarlar uchun IT loyihalarini samarali boshqarishda zarur bo‘ladigan asosiy “yumshoq” va “qattiq” ko‘nikmalarni egallashga imkon beradigan uch kunlik dastur. Kurs real muddatlar va mehnat xarajatlarini hisobga oladigan aniq ishlab chiqish jarayonini yaratishga yordam beradi. Intensiv yakunida ishtirokchilar yangi loyihani muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan prototipni yaratadi;
- sun’iy intellekt intensivi: sun’iy intellekt va mashina tilida o‘rganish asoslari bilan tanishtiruvchi ikki kunlik kurs. Ushbu kurs dasturi GigaChat, Kandinsky, Perplexity va Gamma kabi neyrotarmoqlardan foydalangan holda, prompt muhandislik bo‘yicha turli xil tematik topshiriqlar, vorkshoplar va mahorat darslarini o‘z ichiga oladi. Intensiv tufayli xodimlar SI bo‘yicha bilimlarini keFngaytirish va uni korporativ vazifalarda qo‘llash imkoniga ega bo‘ladi;
- jamoani boshqarish intensivi: jamoa yetakchilari uchun jamoaviy ish, muloqot ko‘nikmalari va samaradorlikni oshirishga qaratilgan to‘rt haftalik onlayn va oflayn kurs. Ta’limning gibrid formati vaqt va resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi, chunki o‘qish ish bilan birgalikda olib boriladi. Ishtirokchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarni o‘sha vaqtning o‘zida amaliyotda bevosita qo‘llashi mumkin, bu ularning malakasi va ish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
To‘liq kunlik intensivlardan tashqari, maktab raqamli mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish (QA muhandisi), IT`da ma’lumotlar tahlili, loyiha menejmenti, UX/UI dizayn va tizim tahlili kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 3,5 oydan 6 oygacha davom etadigan onlayn dasturlarni ham taklif etadi. Onlayn ta’lim formati ishtirokchilarga o‘qishni ishdagi vazifalar bilan birlashtirish va ta’limni imkon darajasida moslashtirish va qulay qilish maqsadida istalgan vaqtda ulanish imkonini beradi. Ushbu dasturlar nafaqat xodimlarning raqamli ko‘nikma va malakasini oshirishga yordam beradi, balki yangi yo‘nalishni “nol"dan o‘zlashtirish imkonini ham beradi. Ta’lim yakunida tinglovchilarga kasbiy qayta tayyorlash to‘g‘risida diplom yoki oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan taqdirda, malaka oshirgani haqida sertifikat beriladi.
“'School 21' biz uchun kuchli TBC jamoasini yaratishda strategik hamkordir. Maktab talabalarning moslashuvchan fikrlash va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirib, keng qamrovli ta’limni kuchli texnik asos bilan birlashtirmoqda. Raqamli bankning Markaziy Osiyodagi yetakchi ekotizimi bo‘lmish TBC Uzbekistan bilan hamkorligi natijasida talabalar ilg‘or texnologiyalar va innovatsion loyihalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa, o‘z o‘rnida, ularga nafaqat olgan bilimlarini amalda qo‘llash, balki o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratib dinamik professional muhitda rivojlanish imkonini beradi”, — deya TBC Bank CIO Davron Adilxodjayev o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, “School 21” OTMlarni kelgusida qo‘shimcha kasbiy ta’limning qo‘shma dasturlarini yaratish, magistratura va bakalavr bosqichlari dasturlariga amaliy modullar va intensiv kurslarni joriy etish maqsadida hamkorlik qilishga chaqirdi. Bunday tashabbuslar texnik mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga IT bo‘yicha haqiqiy vazifalarni hal qilish va loyihalarni bajarish orqali nazariy bilimlarni amalda qo‘llash imkonini beradi. Texnikaga tegishli bo‘lmagan mutaxassislikka ega talabalar esa bo‘lajak kasblarida texnologiyadan foydalanishning keng imkoniyatlarini kashf etadilar.
“School 21” bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari va ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumotni Gmail`ga yozish orqali ham bilib olish mumkin: b.isamiddinova@21-school.uz
Maktab haqida
“School 21” — bu raqamli texnologiyalar maktabi bo‘lib, 18 yoshdan oshgan barchaga saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tish orqali IT sohasida talab yuqori bo‘lgan ta’limni bepul egallash imkonini beradi. Maktabga qabul avvalgi bilim, ish tajribasi, dasturlash qobiliyati yoki diplomga bog‘liq emas. Ta’lim haqiqiy bozor ehtiyojlariga qaratilgan moslashuvchan va dolzarb tarkibga ega raqamli platformada olib boriladi. O‘quv dasturi 1,5 yildan 3 yilgacha davom etadi va turli yo‘nalishlarni, jumladan S tilida tizimli dasturlash, S++ tilida obyektga yo‘naltirilgan dasturlash, kompyuter tarmoqlari, algoritmlar, SQL`da ma’lumotlar bazalari, Java, Python, Golang tillarida amaliy dasturlash, shuningdek mobil ishlab chiqish, Frontend, Backend, ML & DS, Big Data, GameDev va boshqa kabilarni o‘z ichiga oladi.
“School 21” loyihasi Samarqand va Toshkent shaharlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Maktab haqida batafsil ma’lumotni 21-school.uz havolasi orqali topish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.