Uch kun davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt texnologiyalari bilan yaqindan tanishib, o‘z bizneslari uchun sun’iy intellektning istiqbolli imkoniyatlarini tadqiq qilish va yangi g‘oyalarni kashf etish imkoniga ega bo‘ldi.
“Biz uchun xodimlarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish muhim, shunungdek, sun’iy intellekt biznes jarayonlarimizni sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligini ham tushunamiz. 'School 21'da tashkil etilgan ta’lim intensividagi ishtirokimiz raqamli transformatsiyamiz yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi, negaki bu ta’lim bankimizning bozordagi mavqeyini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan SI vositalarini o‘zlashtirishga yordam berdi”, — dedi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari Oybek Voxidov.
“Biz 'School 21' hamkorlari uchun dastlabki intensivni tashkil etganimizdan g‘oyatda xursandmiz. Bunday ta’lim formati, ya’ni maktabning barcha bir-biridan o‘rganadigan peer-to-peer metodologiyasining qo‘llanishi ishtirokchilarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, shuningdek, ish faoliyatlarida sun’iy intellektdan foydalangan holda, haqiqiy keyslar yaratish imkonini berdi. Shuni ta’kidlash lozimki, biz yangi hamkorlik uchun doimo ochiqmiz va kompaniyalarning raqamli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, — dedi “School 21” asosiy ijrochi direktori Zarina Luxmanova.
Peer-to-peer metodologiyasi asosida tashkil etilgan “School 21” intensivi ishtirokchilarga sun’iy intellekt haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va noaniqlik sharoitida yechim topish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berdi. Kurs dasturi uchta loyihani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular doirasida GigaChat, Kandinsky, Perplexity va Gamma kabi neyron tarmoqlardan foydalangan holda, prompt-muhandislik bo‘yicha turli mavzuli topshiriqlar, vorkshoplar va mahorat darslari o‘tkazildi. Intensiv yakunida ishtirokchilarning yakuniy loyihalari himoyasi bo‘lib o‘tdi.
“Intensiv kurs davomida men nafaqat neyrotarmoqlarga kirish imkoniga ega bo‘lish, balki ulardan samarali foydalana olish ham muhimligini angladim. Agar biz sun’iy intellekt bilan ishlashni o‘zlashtirsak, bu vazifalarimizni yanada soddalashtiradi va ish jarayonida samaradorlikni oshiradi. Meni, ayniqsa, GigaChat, Gemini va AI-Invideo hayratda qoldirdi. Ular tahlillar va taqdimotlar yaratishni sezilarli darajada osonlashtiradi. Maktabning peer-to-peer metodologiyasi esa mavzuni samarali o‘rganishga va motivatsiyani saqlab qolishga yordam berdi. Dastlab yangicha yondashuvga moslashish qiyin bo‘lgan bo‘lsa-da, ikkinchi kundan men hamma narsa qanday ishlashini tushuna boshladim va o‘qitish metodikasining ahamiyatini yuqori baholadim”, — dedi ta’lim intensivi ishtirokchisi Ulug‘bek Muhammadiyev.
Ta’lim dasturlari va “School 21” bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga Gmail`ga yozish orqali ega bo‘lish mumkin: b.isamiddinova@21-school.uz
Maktab haqida
“School 21” — raqamli texnologiyalar maktabi bo‘lib, 18 yoshdan oshgan barchaga saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tish orqali IT sohasida talab yuqori bo‘lgan ta’limni bepul egallash imkonini beradi. Maktabga kirishda avvalgi bilim, ish tajribasi, dasturlash qobiliyati yoki diplomning mavjudligi ahamiyatga ega emas. Ta’lim haqiqiy bozor ehtiyojlariga yo‘naltirilgan moslashuvchan va muhim kontentga ega bo‘lgan raqamli platformada o‘tkaziladi. O‘quv dasturi S tilida tizimli dasturlash, S++ tilida obyektga yo‘naltirilgan dasturlash, kompyuter tarmoqlari, algoritmlar, SQL`da ma’lumotlar bazalari, Java, Python, Golang tillarida amaliy dasturlash, shuningdek, mobil dasturlash, Frontend, Backend, ML & DS, Big Data, GameDev va shu kabi boshqa turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
“School 21” loyihasi Samarqand va Toshkent shaharlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Maktab haqida batafsil ma’lumotni 21-school.uz havolasi orqali bilib olish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.