“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab beruvchi “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.
Bu safargi materialda “Venkon Group” kompaniyasi va “Didox” loyihasi asoschisi Askar Ismailov bilan suhbatlashdik.
U ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.
Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:
Tanishtiruvni ish stolimdan boshlayman. Menda ikkita ish stoli bor, sababi harakatsiz ishlayman va hamma ish asosan kompyuterda bajariladi. Shu sababli, bel charchaydi va bir soat o‘tirib ishlasam, bir soat turib ishlayman.
Asosiy ish stolimda monitor va kompyuter bor. Ba’zi ishlarni qilish uchun ikkita monitor ishlatishga to‘g‘ri keladi, shu sababli qo‘shimcha monitor mavjud.
Har doim yonimda “chernovik” turadi, qanaqadir fikrlar kelganda tez yozish uchun yoki qo‘ng‘iroq bo‘lganda kerakli narsani yozib olish uchun kompyuterga yozgandan ko‘ra, qog‘ozda yozganim qulayroq. Shunga o‘xshash yozuvlar uchun “chernovik"lar to‘plami bor.
Kimgadir biror narsani tushuntirish kerak bo‘lganda, mana shu qog‘ozni olib, bir tomoni ishlatilganidan foydalanib, ikkinchi tarafini ham qilib ishlatamiz. Aslida stolimda bo‘sh turishiga harakat qilaman. Sababi, xayolni chalg‘itadi. Shuning uchun stolda ortiqcha narsa bo‘lmasligiga harakat qilaman.
Har doim turadigan narsalar bu: qalam ruchka, suv chashkasi bilan, quloqchin kompyuterda “Zoom” o‘tkazish uchun. Boshqa narsa ish stolda turmaydi.
Ikkinchi stolim balandligi o‘zgaradigan maxsus stol. Belim og‘risa, shu stolda tik turib ishlayman. Bu stolning ustida kitoblar, kalkulyator, organayzer, konditsioner pulti va boshqa zarur buyumlar joylashgan.
Men asosan elektron kitob o‘qishni qulay ko‘raman, lekin ba’zida menga qog‘oz kitoblar sovg‘a qilishadi. Mana shu oxirgi sovg‘a qilingan kitob — Adib Xolidning “O‘zbekiston tavalludi” nomli kitobi. Hali buni o‘qishga ulgurmadim.
Bitta ryukzak va bitta kichik sumka ishlataman. Toshkentda vaqtimda olib yuradigan sumkachamda quloqchin, qo‘l kremi, ko‘z uchun tomchi dori, bloknot, ruchka, pasport, salfetka va bosh og‘riq dorisi kabi zarur narsalar saqlanadi.
Yana bir ryukzakim esa komandirovkalarga mo‘ljallangan. Unda kompyuter, xalqaro prava, xorijga chiqish pasporti, power bank, hamyon, zaryadkalar va dorilar to‘plami joylashgan.
Shuningdek, komandirovkada ishlatiladigan dorilar to‘plami va zaryadka uskunalari bor.
Mana shu mening ish joyim va o‘zim bilan olib yuradigan kerakli narsalar.