O‘zbekistondagi to‘lov tashkilotlari qancha foyda ko‘rdi? Uchinchi chorak yakunlari

Moliyaviy hisobotlarini taqdim qilgan fintex-kompaniyalarining yarmidan ko‘pi hisobot davrini zarar bilan yakunlagan. Foyda bo‘yicha esa Uzum Nasiya yetakchi bo‘ldi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Oddiy lotereya”: yuqori narxlar chegarasi o‘rnatilgandan keyin propan bilan birja savdolari bo‘yicha brokerlar fikri

Bozor ishtirokchilari Spot’ga xabar berishicha, barcha brokerlar ruxsat etilgan eng yuqori narxni taklif qilishmoqda, biroq propanni tizimda arizalarini ertaroq ro‘yxatdan o‘tkazganlar olishmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Foto: Shota Rustavelidagi gastronomik ko‘cha qanday bo‘ladi?

Ko‘cha ikki bosqichda rekonstruksiya qilinadi, birinchi bosqichda ishlar Pushkin haykali yonidagi bog‘da amalga oshiriladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Venkon kompaniyasi asoschisi o‘zi bilan nimalar olib yuradi?

Mazkur materialda Askar Ismailov ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Toshkent hokimligi reklama konstruksiyalari uchun dizayn-kodni tasdiqladi.
    Qayd etilishicha, noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklamaga qarshi reydlarda bir kunda 1600dan ortiq noqonuniy obyektlar demontaj qilindi.
  2. 1-dekabrdan ichimlik suvi va kanalizatsiya uchun to‘lovlar faqat onlayn amalga oshiriladi.
    Endilikda mazkur sanadan boshlab nazoratchilar va suv ta’minoti xodimlari orqali naqd pul bilan to‘lov qabul qilinmaydi.
  3. Biznes tarixi: Chanel modalar uyi — “Kokoni kim ko‘rdi?”.
    Maqolada Gabriel Bonyor o‘zining qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgani, qanday qilib erkaklar kiyimiga foydalaniladigan matodan ayollar liboslarini tikib, moda olamida inqilob yasagan Chanel modalar uyiga asos solgani haqida so‘z boradi.
  4. 2030-yilda O‘zbekiston 10−15 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilishi mumkin.
    Umid Mamadaminov Yevropaga yashil energiya koridorini $2 mlrddan ortiqqa baholadi. 2026-yilgacha loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqiladi.
  5. Oktabr oyida ikkilamchi avtomobillar narxlari qanday o‘zgardi?
    O‘tgan oyda ishlatilgan Lacetti, Damas va elektromobillar arzonlashgan bo‘lsa, Spark narxi esa ko‘tarildi.
  6. Toshkent shahar hokimligi pulli parkovkalar tashkil etish uchun auksion o‘tkazmoqda.
    Arizalar 25-noyabrgacha qabul qilinadi. Boshlang‘ich ijara stavkasi yiliga 57,2 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
  7. Oktabr oyida Toshkentda o‘rtacha ijara narxi o‘zgarmadi — ITIM.
    O‘tgan oyda poytaxtda o‘rtacha ijara narxi sentabrga nisbatan o‘zgarmadi va 1 kvadrat metr uchun $8,3ni tashkil qildi.
  8. Raqobat qo‘mitasi birjada AI-80 benzini narxining yuqori chegarasini o‘rnatdi.
    Noyabr oyida yoqilg‘i narxi bir tonna uchun 10 mln so‘mdan oshib ketdi. Yaqinda propanga ham xuddi shunday cheklov joriy qilindi.
  9. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon yashil energiya eksporti to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
    Tomonlar qo‘shma korxona tashkil etishni, shuningdek texnik hujjatlarni ishlab chiqish va kelishib olishni tezlashtiradigan bo‘ldilar.
  10. Biznes-ombudsman reklama konstruksiyalari demontaj qilinishiga izoh berdi.
    Qayd etilishicha, noqonuniy o‘rnatilgan reklama obyektlari belgilangan tartibda ularning egalari hisobidan demontaj qilinishi kerak.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

School 21 hamkorlar uchun ta’lim loyihalari taqdimotini o‘tkazdi

School 21 da 50 dan ortiq maktab hamkorlari, jumladan, IT kompaniyalari va universitetlarni birlashtirgan ta’lim mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Toshkentdagi School 21: sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ta’lim intensivi o‘tkazildi

School 21 kampusida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi uchun “SI-kasb transformatsiyasi: raqamli yordamchi bilan yangi marralar sari” mavzusida ta’lim intensivi bo‘lib o‘tdi.