AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) “Ford Motor” kompaniyasi $165 mln jarima to‘lashga rozi bo‘lganini e’lon qildi. Bu haqda “Inc Russia” nashri xabar berdi.
Ushbu qaror hukumat surishtiruvidan so‘ng qabul qilingan bo‘lib, unda avtomobil ishlab chiqaruvchisi aniqlangan.
Kamida uch yil kuchda qoladigan kelishuvga ko‘ra, “Ford” $65 mln naqd pul to‘lashi shart. Bundan tashqari, ma’lumotlar tahlilini takomillashtirish, yangi sinov uskunalarini xarid qilish va boshqa loyihalar uchun $45 mln ajratishi lozim. Kompaniya kelishuv shartlarini bajarmaguncha, yana $55 mln muzlatib qo‘yiladi.
2021-yil avgust oyida boshqarma “Ford” kompaniyasining 2020-yilda 620 mingdan ortiq avtomobilini orqa kameralar nosozligi sababli qaytarib olgani yuzasidan tergov boshlagan edi. Tekshiruvning maqsadi kompaniya o‘z avtomobillarini o‘z vaqtida qaytarib olgan-olmaganini aniqlash edi.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, “Ford” noaniq yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar taqdim etgan, choraklik hisobotlarni o‘z vaqtida yubormagan va o‘z chaqiruv kampaniyalari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish talablariga to‘liq amal qilmagan. Biroq “Ford” xulosalarga qo‘shilmasligini bildirdi.
Yangi majburiyatlar doirasida “Ford” so‘nggi uch yil davomida berilgan barcha shikoyatlarni sinchkovlik bilan tahlil qilishi va zarur bo‘lsa, yangi chaqiruvlarni boshlashi kerak.
Bundan tashqari, boshqarma kompaniya majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish hamda erishilgan kelishuv shartlariga rioya etilishini baholash uchun mustaqil uchinchi tomonni jalb etishini ma’lum qildi.
Sentabr oyida “Ford” kompaniyasi 2022-yilda ishlab chiqarilgan 16,5 mingdan ortiq mashhur “F-150” pikaplarini chaqirib olishini e’lon qilgandi.
Avvalroq “Spot” “Ford” orqani ko‘rish kamerasidagi tasvir ishlamay qolgani sababli AQShda 144 mingga yaqin avtomobilni chaqirib olishi haqida yozgandi.
Gap AQShdagi 2022−2024 yillardagi “Ford Maverick” haqida bormoqda.
Avvalroq “Ford” 85 mingdan ortiq “Explorer” politsiya avtomobillarini chaqirib olishi haqida xabar berilgandi.
Chunki quvvat blokining ishdan chiqishi dvigatel bo‘linmasiga yog‘ va yoqilg‘ining sizib chiqishiga va keyinchalik ularning o‘z-o‘zidan yonib ketishiga olib kelishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, gibrid v6 dvigatellari bilan jihozlangan 2020−2022 yillardagi Amerika avtomobillari, agar dvigatel ishlamay qolsa, yonib ketish xavfi mavjud.