15-noyabr kuni pezident tomonidan imzolangan qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra, fuqarolarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) dan olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS) dan ozod qilinadi.
Shu bilan birga, mazkur kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ijtimoiy soliqqa tortilmaydi.
Tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.
Bu o‘zgarishlar 2023-yilning 1-yanvaridan 2026-yilgacha bo‘lgan davr uchun amal qiladi.
Joriy yilning fevral oyida prezident raisligida agrar sohadagi vazifalar va rejalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgandi. Unda pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida 2024-yilda subsidiya ajratish va pilla yetishtiruvchilarni daromad solig‘idan ozod etish belgilangandi.
May oyida prezident farmoni bilan pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2027-yil yakunigacha tutzorlar yer maydonini 160 ming gektarga, dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari sonini 500 mlnga yetkazish topshirildi.
Shuningdek, pillaning xarid narxi 25%ga oshirildi. Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer solig‘ining 10%i to‘lanadi.