Qoraqalpog‘istonda yirik hajmdagi elektr energiyasini o‘g‘irlash jinoyati aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Xususan, To‘rtko‘l tumanidagi “Ch.Z.” oilaviy korxonasi ish boshqaruvchisi oshxonani elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib olgani aniqlangan.
Buning natijasida jami 1 mlrd 523 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov davomida yetkazilgan zarardan 550 mln so‘mining qoplanishi ta’minlandi.
Avvalroq “Spot” Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, fuqarolar elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.