Markaziy bankning 19-noyabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 825,01 so‘m so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 15-noyabr kuni belgilangan 12 812,30 so‘m qiymatga nisbatan qariyb 13 so‘mga qimmatladi.
19-noyabr kuni “Infinbank"da sotish kursi 12 905 so‘mni, “KDB Bank Uzbekistan”, “Ipotekabank” va “Garantbank"da 12 885 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 880 so‘mdan 12 840 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 820 so‘mdan 12 750 so‘mgacha yetdi.
Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi.
Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.
Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq.