“Nike” kompaniyasi 3D-printerda chop etilgan “Air Max 1000” poyabzallarini taqdim etdi. Bu haqda “ixbt” nashri xabar berdi.

Yangi model 1987-yilda chiqarilgan va tovon qismidagi havo yostig‘i bilan mashhur bo‘lgan “Air Max 1"dan ilhomlangan.

Garchi bu ushbu texnologiya qo‘llanilgan birinchi “Nike” loyihasi bo‘lmasa-da, bu kompaniya uni asosiy modellaridan birida ishlatgan birinchi holatdir.

Dizaynga kelsak, “Nike” “Air Max 1000"ning yakuniy versiyasini yaratishdan oldin bir nechta konsepsiyalarni ko‘rib chiqdi.

Qayd etilishicha, krossovkalar 3D-bosib chiqarishdan oldin oyoq o‘lchamini skanerlash orqali har bir mijozga mos ravishda tayyorlanadi.

Poyabzal sanoat qatronlaridan tayyorlangan. “Nike” poyabzallarini yaratish uchun ekologik toza materiallardan 3D bosma poyabzal ishlab chiqaruvchi Zellerfeld kompaniyasiga murojaat qildi.

Ta’kidlanishicha, “Air Max 1000” moslashuvchan va oyoq panjasiga moslashgan, shuning uchun bog‘ichlar talab qilinmaydi. Poyabzalning yuqori qismida yanada moslashuvchan va qulay tarkib qo‘llaniladi, bu esa poyabzalni ipsiz kiyish va yechishga imkon beradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu krossovkalar 3D-bosma usulida to‘liq ishlab chiqarilmagan. Boshqa materialdan tayyorlangan yagona komponent — bu taglik ostida joylashgan bosim ostida gaz bilan to‘ldirilgan egiluvchan uretan qoplari.


Avvalroq “Spot” Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashadigan krossovka taqdim qilingani haqida yozgandi.

Ular 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, krossovkalar avtomatik ravishda oyoq o‘lchamiga moslashadi.