“Google” Android 16 operatsion tizimining birinchi beta-versiyasini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berilgan.
Operatsion tizimning dastlabki versiyasi muddatidan oldin taqdim etilgan — Androidning birinchi beta-versiyasi fevral oyida paydo bo‘lgan.
Buning sababi shundaki, “Google” operatsion tizimni chiqarish jadvalini ekotizim smartfonlarini ishga tushirish muddatiga yaxshiroq moslashtirish uchun o‘zgartirdi.
Beta-versiyada bir nechta yangi funksiyalar paydo bo‘ldi. Jumladan, uchinchi tomon ilovalari uchun foydalanuvchilar ularni baham ko‘rishlari uchun fotosuratlar va videolarni tanlash imkoniyati chiqarildi, tibbiy ilovalar va qurilmalarga ma’lumotlar almashish imkonini beruvchi “Health Connect” xizmati o‘zgartirildi.
“Google"ning rejalariga ko‘ra, Android 16'ning keyingi beta-versiyasi yanvardan aprelgacha chiqadi.
Shu bilan birga, operatsion tizimning barqaror versiyasi 2025-yil o‘rtalarida paydo bo‘ladi — u “Google Pixel” smartfonlari va bir qator tanlangan gadjetlarda mavjud bo‘ladi.
2025-yilning to‘rtinchi choragida ishlab chiquvchilar yangi funksiyalar va xatolarni tuzatish bilan yakuniy yangilanishni taqdim etadilar.
Avvalroq “Spot” “Google” Androidda sun’iy intellekt yordamida xavfli ilovalarni aniqlash funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.
Funksiya ilovani yuklash paytida zararli kodni skanerlamaydi, balki dastur smartfonga o‘rnatilgandan keyin sun’iy intellekt yordamida shubhali xatti-harakatlarni kuzatadi.