“Apple” eng yupqa iPhone modelini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “MacRumors” nashri xabar berdi.
Jurnalistlar “Apple” 2025-yilda yangi iPhone 17 Air smartfonini chiqarishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi mish-mishlarni tasdiqlagan tahlilchi Jeff Pu hisobotiga havola qilishdi.
Qurilma iPhone Plus seriyasidagi qurilmalarning o‘rnini bosishi kerak, qurilma Amerika brendi tarixidagi eng yupqa smartfon bo‘ladi.
Jeff Pu ma’lumotlariga ko‘ra, gadjet taxminan 6 millimetr qalinlikdagi korpusga ega bo‘ladi. Taqqoslash uchun: iPhone 16 Pro va Pro Max korpusining qalinligi 8,25 millimetr, iPhone 16 va 16 Plus — 7,8 millimetr.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord hozirda iPhone 6ga tegishli bo‘lib, uning qalinligi 6,9 millimetrga teng. Smartfon 2014-yilda chiqqan.
Avvalroq “Apple” 2025-yilda iPhone’ning yupqaroq versiyasini chiqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, qurilma iPhone 17 bilan bir vaqtda taqdim qilinadi va uning narxi qimmatroq bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” “Apple” barcha jismoniy tugmalardan voz kechishi mumkinligi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniya iPhone 16 uchun ikkala tomoni tugmasiz modullarga buyurtma bergan.