Markaziy bankning 21-noyabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 855,93 so‘m so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 20-noyabr kuni belgilangan 12 844 so‘m qiymatga nisbatan 11 so‘m 93 tiyinga qimmatladi.
21-noyabr kuni “Orient finans bank”, “KDB Bank Uzbekistan”, “Ipotekabank” va “Infinbak"da sotish kursi 12 920 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 915 so‘mdan 12 870 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 840 so‘mdan 12 780 so‘mgacha yetdi.
Joriy haftada kurs ketma ket ikki marta ko‘tarildi. Bir kun avval dollar kursi 12 844 so‘mga yetgandi.
23-oktabr kuni dollar kursi oktabr oyi uchun sakkizinchi marta rekordni yangilab, 12 827,90 so‘mni tashkil qilgandi.
Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi. Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.
Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq.