O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 844,21 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 11 so‘m 72 tiyinga pasaydi.
Joriy haftada kurs ketma ket ikki marta rekord darajaga ko‘tarilib, 20-noyabr kuni 12 855 so‘mni, 19-noyabr kuni 12 844 so‘mga yetgandi.
23-oktabr kuni dollar kursi oktabr oyi uchun sakkizinchi marta rekordni yangilab, 12 827,90 so‘mni tashkil qilgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.
Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi.
Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.
Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq.