“Google” “Gemini” chat-botiga yangi funksiyani qo‘shdi, deya xabar bermoqda “TechCrunch” nashri.

Yangi funksiya yordamida neyron tarmog‘i foydalanuvchining hayoti haqidagi ma’lumotlarni, masalan, uning ishi yoki shaxsiy afzalliklari haqidagi ma’lumotlarni eslab qolishi mumkin.

“Gemini” pulli obunachilari har oy 19$ to‘lov evaziga yangilikdan foydalanishlari mumkin.

Qayd etilishicha, bu funksiya foydalanuvchi va chat-bot o‘rtasidagi muloqot kontekstini kengaytirish uchun yordam beradi.

Masalan, agar “Gemini” foydalanuvchining sevimli taomini eslab qolsa, eng yaqin restoranlarni qidirish so‘roviga javob berganda, chat-bot suhbatdoshning istaklariga mos variantlarni topishga harakat qiladi.

Shuningdek, neyron tarmog‘i foydalanuvchidan oddiy tildan foydalanishni yoki kodni faqat JavaScript tilida yozishni so‘raganini eslab qoladi.


Avvalroq “Spot” “ChatGPT"da xotira funksiyasi sinovdan o‘tkazilayotgani haqida yozgandi.

Foydalanuvchilar mazkur funksiya orqali chat-botdan keyingi foydalanishlarda tegishli maslahatlar olishi mumkin.