Prezident farmoni bilan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlar ma’qullandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 109-moddasi bilan quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi:

  • Ochilboy Jumaniyazovich Ramatov — Bosh vazir o‘rinbosari;
  • Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov — Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri;
  • Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev — Bosh vazir o‘rinbosari;
  • Zulayho Bahriddinovna Mahkamova — Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
  • Laziz Shavkatovich Qudratov — Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
  • Botir Erkinovich Zohidov — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri;
  • Ibrohim Yulchiyevich Abdurahmonov — Qishloq xo‘jaligi vaziri;
  • Shavkat Raximovich Hamroyev — Suv xo‘jaligi vaziri;
  • Sherzod Saidjanovich Xidoyatov — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri;
  • Ilhom Rustamovich Mahkamov — Transport vaziri;
  • Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov — Energetika vaziri;
  • Bobur Farhodovich Islomov — Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri;
  • Sherzod Xotamovich Shermatov — Raqamli texnologiyalar vaziri;
  • Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;
  • Asilbek Anvarovich Xudayarov — Sog‘liqni saqlash vaziri;
  • Hilola O‘ktamovna Umarova — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri;
  • Kongratbay Avezimbetovich Sharipov — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
  • Adxam Ilxamovich Ikramov — Sport vaziri;
  • Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov — Madaniyat vaziri;
  • Akbar Jo‘raboyevich Toshqulov — Adliya vaziri;
  • Baxtiyor Odilovich Saidov — Tashqi ishlar vaziri;
  • Abdulla Xamidullayevich Qo‘ldashev — Favqulodda vaziyatlar vaziri;
  • Po‘lat Razzaqovich Bobojonov — Ichki ishlar vaziri;
  • Bahodir Nizamovich Qurbonov — Mudofaa vaziri.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.

Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish 20-noyabr kuni Bosh vazir etib qayta saylangan Abdulla Aripov zimmasiga yuklatildi.

Prezident 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Hukumatga kelasi yil nomidan kelib chiqib, davlat dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Unda yashil texnologiyalarni joriy etish, chiqindi muammosini hal qilish hamda aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar asosiy ahamiyatga ega bo‘lishi ta’kidlandi.