“UzAuto Motors” “Chevrolet Cobalt” avtomobili uchun kontraktatsiyani ochmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnoma berish jarayoni 22-noyabr kuni soat 10:00da boshlanib, xaridorlar “GX-Style AT Plus” va “GX-Midnight AT” uchun shartnoma tuzishlari mumkin bo‘ladi.
Hozirda “GX-Style AT Plus” narxi 147 916 000 so‘mni, “GX-Midnight AT” versiyasi esa 155 231 000 so‘mni tashkil etadi.
Shartnomalarni savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali tuzish mumkin. “Telegram"-bot hamda “UzAvtosavdo” ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kun ichida amalga oshirilishi kerakligini qayd etmoqda. Savollar yuzasidan kompaniyaning +998 78−141−7777 raqami orqali ma’lumot olish mumkin.
Oktabr oyida “UzAuto Motors” “Chevrolet Cobalt” avtomobilini yangi “Midnight” modifikatsiyasida ishlab chiqarilishini ma’lum qilgandi. Undan keyin Asakadagi zavodda yangi modifikatsiyadagi avtomobil ishlab chiqarila boshlandi.
Joriy yilning iyul oyida ochilgan onlayn kontraktatsiya jarayonida “Chevrolet Cobalt” xaridi uchun jami 26 700 dona shartnoma tuzilgandi.