“OpenAI” o‘zining “ChatGPT” chat-botini qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan veb-brauzerini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar berdi “Reuters” va “The Information” nashri.

Manbalarga ko‘ra, “OpenAI” saytlar va ilovalar ishlab chiquvchilari bilan potentsial qidiruv xizmatini ham muhokama qilgan.

Bundan tashqari, suhbatdoshlarning aytishicha, kompaniya “Google"ning asosiy hamkori bo‘lgan “Samsung” qurilmalariga sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘shish bo‘yicha muzokaralar olib borgan.

Biroq, hozircha “OpenAI” brauzerni ishga tushirishdan yiroq, deb ta’kidlaydi nashr. “OpenAI” “Google” va “Samsung” hozircha “Reuters"ning izohlar haqidagi so‘rovlariga javob bermadi.

“Reuters” nashrining ta’kidlashicha, “Google"ning brauzerlar bozoridagi mavqei AQShda monopoliyaga qarshi sud jarayonidan keyin zaiflashgan.

AQSh Adliya vazirligi sud orqali kompaniyadan “Chrome” brauzerini sotishni va qidiruv hamda reklama ma’lumotlariga kirishni talab qilmoqda.

“The Verge” “OpenAI” brauzerining ishga tushirilishi kompaniya uchun tabiiy qadam bo‘lar edi, deb hisoblaydi.

2024-yil oktabr oyida u “ChatGPT"da internetni qidirishni yaxshiladi va brauzerning manzil qatori orqali botga so‘rovlar qilish imkonini beruvchi “Chrome” kengaytmasini chiqardi.


Avvalroq “Spot” internetga kirish imkoniga ega “ChatGPT” search chat-boti taqdim etilgani haqida yozgandi.

Endi “ChatGPT” nafaqat o‘z ma’lumotlar bazasidan, balki tarmoqdan eng dolzarb ma’lumotlarni qidirishni biladi.