Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “TBC Bank Uzbekistan” uchun kredit ajratadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati “Spot"ga ma’lum qildi.
Mablag‘lar nobank tashkilotlariga xizmatlar ko‘lamini kengaytirish uchun taqdim etiladi. Xususan, ular hisobidan yosh tadbirkorlar bilan bir qatorda ishbilarmon ayollarga ham kreditlar ajratish ko‘zda tutilgan.
Taqdim etiladigan kredit qiymati $10 mlnni (9,1 mln yevro) tashkil etib, mablag‘lar sintetik o‘zbek so‘mida ajratiladi.
O‘zlashtirilgan kredit mablag‘larining kamida 65%i yoshlar tomonidan tashkil etilgan yoki ular rahbarlik qilayotgan mikrofirmalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mablag‘ning kamida 40%i ayollar tadbirkorligini kreditlashga yo‘naltiriladi.
YTTB Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda 2021-yilda “TBC Bank Uzbekistan"ning 20%lik ulushini sotib oldi. Shundan beri ular nobank tashkilotlarga besh marta investitsiya kiritib, jami $68 mlndan ortiq mablag‘ yo‘naltirishgan.
Oxirgi investitsiya raundi joriy yilning iyul oyida yopilgandi. Uning doirasida bank $38,2 mln, jumladan, YTTB va XMKning har biridan $7,6 mln va Gruziyaning “TBC” bankidan $23 mln jalb qildi.
Avvalroq “Spot” “TBC Bank Uzbekistan” o‘zining protsessing markazini ishga tushirishi haqida xabar bergandi.