Jizzax viloyatida fermer xo‘jaligi 3,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Sharof Rashidov tumanida joylashgan “J.D.S.Y.” fermer xo‘jaligi mas’ullari tomonidan 100 kVAli transformator punktini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 3 mlrd 764 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Avvalroq “Spot” ikkita hududda 2 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida fuqarolar elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olganliklari aniqlangan.