“Roskomnadzor” 2024-yil 30-noyabrdan boshlab Rossiyada blokirovkalarni chetlab o‘tish uchun ishlatiladigan VPN-servislar haqidagi ilmiy va statistik ma’lumotlarni e’lon qilgan saytlarni bloklashni boshlaydi.

Taqiq bo‘yicha tegishli buyruq huquqiy axborot portalida e’lon qilindi va u 2029-yil 1-sentabrgacha amal qiladi.

Buyruq matniga ko‘ra, ilmiy va texnik materiallar, shuningdek, bloklangan resurslarga kirish uchun VPNdan foydalanish bilan bog‘liq ma’lumotlar taqiqlanadi.

Himoyalangan masofaviy kirishni ta’minlash uchun ishlatiladigan VPN haqidagi ma’lumotlar bundan mustasno.

Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar blokirovkalarni chetlab o‘tish texnologiyalari ommalashuvining oldini olishga qaratilgan.

Tushuntirish xatida Roskomnadzor bunday xizmatlardan faqat maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash uchun foydalanish kerakligini ta’kidladi.

Davlat organlari, hokimliklar va yirik kompaniyalar, shu jumladan banklar ushbu vazifaga faol tayanadilar.

Jotiy yil 1-martdan Rossiyada VPN xizmatlarini reklama qilish taqiqlanishi haqida xabar berilgandi.

O‘tgan yilning oktabrida esa “Roskomnadzor” taqiqlangan saytlarga kirishni ta’minlovchi VPN xizmatlari bloklashi haqida ma’lum qildi.


Avvalroq “Spot” “YouTube” VPN orqali ulangan “Premium” obunalarini bekor qila boshlagani haqida yozgandi.

Foydalanuvchilar “Premium” obunani arzonroq narxda taklif qilingan mamlakatni ko‘rsatish uchun joylashuv ma’lumotlarini o‘zgartirish uchun VPN’dan foydalanganlar.