Prezidentning ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari:

  • barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi;
  • unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining quyidagi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno):

  • zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;
  • kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
  • o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

Qaror bilan kelasi yildan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi.

Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig‘im miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.


Avvalroq “Spot” endi maktablarda dron va robototexnika bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilishi haqida yozgandi.

Har bir hududda bittadan tashkil etiladigan Jasorat maktablarini yaxshi baholarga tamomlagan o‘quvchilarga imtiyozli tavsiyanoma beriladi.