Xorijda ta’lim: Koreyada GKS granti asosida ta’lim olayotgan o‘zbek qizi
Sitora “Spot"ga nima sababdan Koreyada ta’lim olishni tanlagani, qanday qilib GKS grantini qo‘lga kiritgani, buning uchun talab etiladigan hujjatlar va grant taqdim etadigan imkoniyatlari haqida so‘zlab beradi.
Onlayn-kinoteatrlar: O‘zbekistonda film va seriallarni qaysi platformalarda tomosha qilish mumkin va bu qanchaga tushadi?
“Spot” mahalliy va chet el striming xizmatlariga obuna bo‘lish narxi, kontent miqdori va sifati haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.
AQShda o‘tkaziladigan TechWomen dasturiga arizalar qabul qilinmoqda
Unda STEM sohasida ikki yillik tajribaga ega o‘zbekistonlik xotin-qizlar ham ishtirok etishlari mumkin. Dastur barcha xarajatlarni qoplab beradi.
Reklama demontaji: biznes huquqlarini kim va qanday himoya qiladi?
Ko‘chalarda reklama konstruksiyalarini demontaj qilish kampaniyasi boshlanganidan beri bannerlar va peshlavhalar sezilarli darajada kamaydi. Biznes uchun bu nimani anglatishi va qanday huquqiy himoya mexanizmlari mavjudligini Spot mutaxassislar bilan ko‘rib chiqadi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Toshkentdan Buxoroga yangi poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Yangi dizel poyezdi 12ta vagondan iborat bo‘lib, hozirda u mazkur yo‘nalish bo‘yicha sinovdan o‘tkazilmoqda. Poyezd 6 soatda manziliga yetib boradi. - Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi.
Xususan, butun ekran rejimi, bosh ekran belgilari, geolokatsiya hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi. - Yakkasaroydagi Askiya dehqon bozori qayta quriladi.
Loyiha qiymati $150 mlnni tashkil etib, u o‘z ichiga ekobozor, sovutgich omborxonasi, avtoturargoh hamda 4 yulduzli mehmonxonani qamrab oladi. - AQSh Adliya vazirligi Googledan Chromeni sotishni talab qilmoqchi — Bloomberg.
Qayd etilishicha, mazkur harakat Google’ning qidiruv bozoridagi monopoliyasini buzish va raqobatbardosh bozorni yaratish imkonini beradi. - Zapravkalar haqida ma’lumot beruvchi mobil ilova ishga tushirildi.
Ilova orqali mamlakatdagi yoqilg‘i va gaz to‘ldirish hamda elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari haqida ma’lumot olish mumkin. - Dollar kursi yana rekord darajani qayd etdi.
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 11 so‘m 93 tiyinga oshib, 12 855 so‘mni tashkil etdi. - 1-dekabrdan uy-joyni yaxshilash uchun ipoteka kreditiga arizalar qabuli boshlanadi.
Fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga 120 mln so‘mgacha kredit uchun onlayn ariza berishlari mumkin bo‘ladi. Mablag‘lar Mahalla yettiligi tavsiyasi asosida ajratiladi. - Rossiyada VPN haqida har qanday ma’lumotni tarqatish taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, mazkur taqiq 2024-yil 30-noyabrdan boshlanib, 2029-yil 1-sentabrgacha amal qiladi. - UzAuto Motors Cobalt uchun kontraktatsiyani yakunladi.
Kompaniya 10 soat ichida jami 55 494ta Cobalt GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT modellari uchun shartnoma tuzgan. - Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi.
Ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
“T-Bank”: Rossiyadan O‘zbekistonga 100 ming rublgacha qanday o‘tkazish mumkin
Endi “T-Bank” bilan Rossiyadan O‘zbekistonga 100 ming rublgacha mablag‘ni komissiyasiz o‘tkazish mumkin.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari Ispaniya va Portugaliyaga tashrif buyurib, top universitetlar hamda mashhur Real Madrid fondi bilan shartnomalar imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.