Andijon viloyatida elektroskuter ishlab chiqarish zavodi qurilishiga start berildi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov o‘zining “Telegram"-kanalida ma’lum qildi.

Joriy yilning 21-noyabr kuni viloyatdagi “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasida ikkita loyiha — elektroskuter va rangli metal konstruksiyalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavodlar qurilishi boshlandi.

Loyihalar Xitoyning “China Baoli Technologies Holdings Ltd.,” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Xususan, skuterlar ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati $10 mlnni, yillik ishlab chiqarish quvvati 2 mln donani tashkil etadi.

andijon, elektroskuter, rangli metal konstruksiya, xitoy

Loyihani 2025-yil yakunida ishga tushirish rejalashtirilgan. Uning natijasida yiliga $5 mlnlik mahsulot eksport qilinib, 300 nafar fuqaro bandligi ta’minlanadi.

Shuningdek, rangli metal konstruksiyalari ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati — $200 mln. Uning yillik ishlab chiqarish quvvati 45 ming tonnani tashkil etadi.

andijon, elektroskuter, rangli metal konstruksiya, xitoy

Mazkur loyihani 2026-yilda foydalanishga topshirish belgilangan hamda uning eksport hajmi yillik $18 mlnga baholanmoqda.

Bundan tashqari, rangli metal konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodining yillik quvvati 45 ming tonnani, ish o‘rinlari soni esa 400 nafarni tashkil etadi.

Avvalroq Xitoyning “Ecomoto” kompaniyasi Toshkent viloyatida skuter ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi. Loyiha qiymatida $10 mlnni tashkil etadi.