Farg‘onada fermer xo‘jaligi 428,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Oltiariq tumanida joylashgan “O.O.” fermer xo‘jaligi mas’ullari tomonidan elektr qurilmalarini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 428,1 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Avvalroq “Spot” Jizzaxda 3,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, fermer xo‘jaligi shartnomasiz elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olganliklari aniqlangan.