Toshkentning markazida yangi biznes markazi — “Trilliant” ishga tushdi. O‘zbekistonning birinchi A+ Business Park loyihasi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan bu loyiha 125 ming kvadrat metr maydonda joylashgan bo‘lib, 14 va 17 qavatli zamonaviy ofis binolari, 17 qavatli besh yulduzli lyuks mehmonxona, kongress markazi, ko‘cha do‘konlari, restoranlar va kafelar bilan to‘la yashash va ish faoliyati uchun mukammal muhit yaratadi.
Loyihani singapurlik mashhur arxitektura firmasi DP Architects diqqat bilan, mehmondo‘stlik va barqarorlikni asosiy tamoyillar sifatida tanlab, ishlab chiqdi. “Trilliant” butun dunyo bo‘yicha ofislar uchun zarur bo‘lgan barcha talablarni to‘liq qondiradigan tarzda qurilgan. Kam xarajatli ish yuritish va yuqori texnologiyali infratuzilma bilan ajralib turadigan “Trilliant” O‘zbekistonda birinchi LEED Gold sertifikatiga ega bo‘lib, bu uning barqarorlik borasidagi eng yuqori xalqaro standartlarga mosligini tasdiqlaydi. Kam uglerod izi, past energiya iste’moli, barqaror landshaftlar, elektromobillarni quvvatlash stansiyalari, qayta ishlash tizimlari va aqlli ventilyatsiya tizimlari — “Trilliant"ning asosiy tamoyillaridandir.
“Trilliant”, shuningdek, dunyo miqyosida tanilgan InterContentinental Hotel tarmog‘i bilan hamkorlikda Toshkentda o‘zining birinchi mehmonxonasini qurdi. Ijtimoiy zonalar, kongress markazi, uchrashuv zallari, sport va spa markazi bilan jihozlangan va InterContentinental tomonidan boshqarilayotgan mehmonxona biznes uchrashuvlari hamda to‘y kabi maxsus tadbirlar uchun ajralmas qismga aylanib bormoqda. So‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan E’quilibrium Spa and Gym Toshkentning eng mashhur sport kompleksi bo‘lib, Embar Bar restorani esa mintaqaning eng ommabop manzillaridan biriga aylangan.
Loyihaning qurilishida M 700/800 beton, zamonaviy xavfsizlik tizimlari va texnologiyalaridan foydalanilgan bo‘lib, bu uning xavfsizligini maksimal darajada ta’minlaydi. “Trilliant” 345 ofis birligi va ofis ehtiyojlarini qondirish uchun 34 do‘kondan iborat bo‘lib, har qanday o‘lchamdagi biznesni qamrab oladi. Xalqaro maslahatchilar: JLL, TSP, InvestIn va Securitas tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan ushbu loyiha Toshkentning biznes dunyosiga yangicha nafas kiritmoqda.
2022-yil dekabrida eshiklarini ochgan “Trilliant” hozirda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Tower 1 va Tower 2 ofislarida Jahon Banki, IFC, Mitsubishi Corp, Commerz Bank, Itochu, Abu Dhabi Uzbekistan Invest, BASF kabi xalqaro kompaniyalar faoliyat olib bormoqda, tijorat maydonlarida esa Beeline, Rolex, Tary by Sandyk va Majesty kabi dunyo miqyosidagi taniqli brendlar joylashgan. Barcha haridorlar “Trilliant"ning ijaraga beriladigan ofislaridan yoki do‘konlaridan birini tanlab yoki Toshkentning go‘zal manzarasiga ega ofislaridan yo chakana savdo maydonlaridan birini xarid qilib, yetakchi kompaniyalar bilan birgalikda ushbu obro‘li manzilda joylashi mumkin. “Trilliant” ishbilarmonlik dunyosiga yangi nafas olib keladi va noyob imkoniyatlar taqdim etadi.
Instagram: @trilliant.uz
Telegram: t.me/trilliant_uzb
Reklama huquqlari asosida.