Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

27-noyabr kuni ta’mirlash ishlari sabab Sergeli, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Sergeli tumani (soat 10:00dan 18:00gacha)

  • Aholi iste’molchilari soni: “Oltin vodiy” MFY “Oltin vodiy” ko‘chasida 8ta ko‘p qavatli uylardagi 380ta xonadon, “Bezakchi” va “Oltin vodiy” 1, 2-tor ko‘chalaridagi 230ta yerli xonadon.

Uchtepa tumani (soat 10:00dan 19:00gacha)

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Sakkokiy” MFYdagi 220ta yerli xonadon;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2ta.

Yakkasaroy tumani (soat 10:00dan 18:00gacha)

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Boshliq” mavzesi 16ta ko‘p qavatli uylardagi 1375ta xonadon;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 14ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.