Rossiyada mehnat bozoridagi vaziyat keskinlashmoqda. Bu haqda “NGS” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, muammo korxonalarning 73%iga ta’sir qilmoqda va kadrlar taqchilligini keltirib chiqarmoqda.

Ichki ishlar vazirligi kadrlar yetishmovchiligini qoplash maqsadida migrantlarga ishlash uchun ruxsatnomalar berishni tez-tez amalga oshira boshladi.

Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullina Davlat dumasining yalpi majlisida korxonalarning 73%i hozirda kadrlar yetishmasligini his qilayotganini aytdi. Shu bilan birga, ishsizlik darajasi rekord darajada past — 2,4%.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kadrlar tanqisligi mamlakatda ishlab chiqarishni to‘xtatib turuvchi asosiy omil bo‘lib qolmoqda.

Muammo Novosibirsk viloyati uchun ham taalluqli bo‘lib, viloyat mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri Yelena Baxarevaning ta’kidlashicha, mintaqadagi bo‘sh ish o‘rinlari soni ishsizlar sonidan olti baravar ko‘p.

Markaziy bank rahbarining bergan ma’lumotlarini Novosibirsk viloyati mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri Yelena Baxareva ham tasdiqladi.

“Mintaqada ochilgan bo‘sh ish o‘rinlari soni rasman ro‘yxatga olingan ishsizlar sonidan olti baravar ko‘p. Bu bitta ishsizga oltita bo‘sh ish o‘rni to‘g‘ri kelishini anglatadi, lekin ishlaydigan odamlar yo‘q. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan”, — dedi Yelena Baxareva.

“Rosstat” ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning iyul-sentabr oylarida iqtisodiyotda band bo‘lgan fuqarolar soni o‘rtacha 74 mndan ortiq kishini tashkil etgan.

Rossiya Mehnat vazirligining “NGS"ga bergan xabariga ko‘ra, hozirda “Rabota Rossii” davlat portalida 1,6 mlndan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari joylashtirilgan.

Eng ko‘p ishchi kuchi sanoat va ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va transport sohalarida ham kadrlar tanqisligi mavjud.

Turli yo‘nalishdagi muhandislar, shifokor va hamshiralar, avtomobil haydovchilari, tikuvchilar, ishlab chiqarish va xizmat xonalari farroshlari, elektr-gaz payvandchilari, yuk tashuvchilar, elektromontyorlar, yordamchi ishchilar ko‘proq talab etiladi, — deydi Mehnat vazirligi mutaxassislari.

Birgina Novosibirsk viloyatida 32 mingdan ortiq ish takliflari e’lon qilingan. Hududda sog‘liqni saqlash, qurilish, savdo, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va transport sohalarida kadrlarga katta ehtiyoj saqlanib qolmoqda.