“Telegram” investorlarga Pavel Durovning hibsga olinishi kompaniya faoliyatiga ta’sir qilmaganini ma’lum qildi. “Financial Times” nashrida mavjud 2024-yilning birinchi yarmidagi moliyaviy natijalar kompaniyaning o‘sishini tasdiqlaydi.
Qayd etilishicha, Durov bilan bog‘liq holat “Telegram ishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagani"ni — unga tegishli kripto-aktivlarning o‘sib borayotgan qiymati uni qo‘llab-quvvatlamoqda
2024-yilning birinchi yarmida kripto-aktivlarning qiymati 2023-yil oxiridagi $400 mlndan $1,3 mlrdgacha ko‘tarildi. Ushbu o‘sish, shuningdek, “Toncoin” sotuvidan kelgan mablag‘lar “moliyaviy zaxira” yaratish imkonini berdi.
2024-yilning birinchi yarmida “Telegram” $335 mln sof foyda oldi, bu butun 2023-yildagi $173 mln zarardan keskin farq qiladi. Ushbu davrda daromad 190%ga o‘sdi va $525 mlnni tashkil etdi.
Mablag‘larning deyarli yarmi — $225 mlni noma’lum kompaniya bilan tuzilgan bitimga to‘g‘ri keldi. Uning natijalariga ko‘ra, “Telegram” “Toncoin” reklamani sotib olishning eksklyuziv usuliga aylanishi evaziga “mukofot” oldi. Shartnoma 2024-yil 1-oktabrda bekor qilindi.
Reklama daromadi yildan yilga ikki baravar ko‘payib, $120 mlnni tashkil etdi, “Premium” obunasi daromadi $32 mlndan $119 mlnga ko‘tarildi.
Shuningdek, “Telegram” hisobotida “Toncoin"ning katta hajmiga ega ekanligi va uning qiymati o‘zgarishi ehtimoli borligi” eslatib o‘tiladi.
Avvalroq “Spot” “Telegram"da navbatdagi yangilanishlar taqdim etilgani haqida yozgandi.
Xususan, butun ekran rejimi, bosh ekran belgilari, geolokatsiya hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.