Buxoro shahrida shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomanidan nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Buxoro shahrida joylashgan “P.S.” MChJ mas’ullari tomonidan elektr qurilmalarini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 223 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Avvalroq “Spot” Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, tadbirkor paxtani qayta ishlash sexini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulab olgani aniqlangan.