“Huawei” kompaniyasi o‘zining yangi elektromobil brendi “Maextro S800"ning birinchi premium sedanini rasman namoyish etdi.
Bu “JAC” bilan hamkorlikda yaratilgan flagman mahsulot bo‘lib, “Mercedes-Maybach” va “Rolls-Royce” kabi yuqori darajadagi brendlar bilan raqobatlashishga mo‘ljallangan.
“Maextro S800” o‘z segmentidagi eng yirik elektromobillardan biridir. Uning uzunligi 5480 mm, eni 2000 mm, balandligi 1536 mm, g‘ildirak bazasi 3370 mm.
Qayd etilishicha, ushbu o‘lchamlar modelni bozordagi eng mashhur avtomobillar qatoriga qo‘yadi.
Avtomobil dizayni klassik hashamatni kelajakka xos elementlar bilan uyg‘unlashtiradi. U ikki rangda taqdim etiladi: yorqin binafsha-kumushrang va nafis qora.
Mashinaning o‘ziga xos xususiyati xitoylik mutaxassislar fikricha, pirojniyga o‘xshash dizayndagi g‘ildiraklari bo‘lib, bu “S800"ni raqobatchilar orasida ajratib turadi.
Avtomobilning old qismi “Somon yo‘li” effektini yaratuvchi yorug‘lik diodli chiziqlar va mayda yorug‘lik manbalari bilan jihozlangan
Orqa chiroqlar va eshik tutqichlari ham eksklyuzivlik va uslubga urg‘u berilgan holda ishlab chiqilgan.
Mashinaning ichida “Yulduzli osmon” tomli va individual orqa o‘rindiqli hashamatli salon mavjud. Old panel haydovchi va yo‘lovchilar uchun uchta ekran bilan jihozlangan.
Ichki materiallar va interer detallari premium standartlarga javob beradi va qalin markaziy ustun konstruksiyaning xavfsizligini ta’kidlaydi.
Avtomobilning korpusida lotin harflarida “Maextro” brendi nomi yozilgan va old tomonining logotipi kapot bilan bir xil darajada joylashgan.
“Maextro S800"ning dastlabki narxi 124 320 yevrodan 186 510 yevrogacha o‘zgarib turadi, bu esa uni Xitoyda ishlab chiqarilgan eng qimmat avtomobillardan biriga aylantiradi. Rasmiy savdolar 2024-yil 2-dekabrdan boshlanadi.
“Huawei S800"ga ikkinchi avlod “Turing” platformasini integratsiya qildi. Bu platforma boshqaruv ham qo‘shilgan bir qancha intellektual funksiyalarni ta’minlaydi.
Avtomobil tomiga o‘rnatilgan lidar tizimlaridan foydalangan holda L3 darajasidagi avtonom haydashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilarga eng yuqori qulaylik va ishonchlilikni va’da qiladigan “Super Cruise”, “Super Maneuverability” va “Super AI” kabi funksiyalar" e’lon qilindi.
Avvalroq “Spot” “Xiaomi SU7” elektromobilining sport versiyasi prototipini taqdim etgani haqida yozgandi.
Avtomobil “SU7 Ultra” deb nomlanib, unga spoyler, sport g‘ildiraklari, kuzov to‘plamlari va yangi tormozlar qo‘shildi.