Surxondaryo viloyatida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zenergoinspeksiya” Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, gaz ta’minoti korxonasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda Sariosiyo tumanida “Aeroport” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. xonadonida faoliyat yuritayotgan “sauna” hududdagi o‘rta bosimli gaz quvuriga hisoblagichsiz o‘g‘rincha ulanib, gazso‘rg‘ich uskunasi orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 88 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Avvalroq “Spot” Surxondaryoda metan “zapravka” 2,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, AGTKSh tomonidan noqonuniy foydalanilgan gaz hajmi 845,1 mln metr kubni tashkil etadi.