AQSH Federal savdo komissiyasi (FTC) “Microsoft” korporatsiyasiga qarshi monopoliyaga qarshi tergov boshladi. Bu haqda “Bloomberg” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Tekshiruv kompaniya faoliyatining bir nechta sohalariga, shu jumladan kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt bilan ishlash bo‘linmalariga taalluqli bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, AQSH Federal savdo komissiyasi foydalanuvchilarni o‘zlarining bulutli xizmatlariga bog‘lash maqsadida Microsoft ofis to‘plami va xavfsizlik dasturiy ta’minotidan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Kompaniya yirik davlat pudratchisi bo‘lib qolayotgani va Pentagon kabi idoralardan milliardlab dollarlik shartnomalar olayotganini hisobga olgan holda, komissiyaning tashvishi “Microsoft'ning kiberhavfsizlik sohasidagi kamchiliklari” bilan bog‘liq.
“Bloomberg"ning xabar berishicha, “Microsoft” kompaniyasi bir yildan ortiq vaqt davomida AQSH Federal savdo komissiyasining diqqat markazida turibdi.
Endi kompaniyaning biznes hamkorlari va raqobatchilari bilan o‘tkazilgan “norasmiy suhbatlar"dan so‘ng, amaldorlar “Microsoft"ga batafsil so‘rovnoma yuborishdi. Unda 100 sahifadan ortiq hajmda barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etish talab qilingan.
Avvalroq “Spot” “Microsoft” “Windows 11"da “Notepad"ga sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘shgani haqida yozgandi.
Funksiya yordamida jumlalarni qayta ifodalash, kontent uzunligini va jumlalar ohangini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.