Avstraliya parlamenti 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, senat bir necha oy davom etgan qizg‘in jamoatchilik muhokamalaridan va tezlashtirilgan parlament jarayonidan so‘ng, joriy yildagi oxirgi majlis kunida ushbu taqiqni ma’qulladi.
Qonun loyihasi parlamentga atigi bir hafta ichida kiritildi, muhokama qilindi va qabul qilindi.
Yangi qonunga ko‘ra, texnologik kompaniyalar voyaga yetmagan foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun “aqlli choralar” ko‘rishlari kerak. Aks holda, ularga deyarli 50 mln Avstraliya dollari ($32 mln) miqdorida jarima solinishi mumkin.
Taqiq “Snapchat”, “TikTok”, “Facebook”, “Instagram”, “Reddit” va “X” (sobiq Twitter) kabi ijtimoiy tarmoqlarga ta’sir qilishi kutilmoqda, biroq bu ro‘yxat kengaytirilishi mumkin.
Avstraliya aloqa vaziri Mishel Rouland ta’lim maqsadlari uchun muhimligi sababli “YouTube” cheklovlardan chiqarib tashlanganini ta’kidladi.
O‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, avstraliyaliklarning 77%i 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bu taqiqni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Qonun qabul qilingandan so‘ng, hukumat o‘chirish sanasini belgilashdan oldin maslahatlashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ota-onalar va bolalar taqiqni buzganliklari uchun jazolanmaydilar, ammo kompaniyalar voyaga yetmagan foydalanuvchilarning kirishini oldini olish uchun oqilona choralar ko‘rganliklarini isbotlashlari lozim bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” Norvegiya hukumati ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun yosh cheklovlari kuchaytirilishi, minimal yoshni 13 yoshdan 15 yoshgacha oshirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Norvegiya bosh vaziri Jonas Gahrning so‘zlariga ko‘ra, bu “bolalar ongini” texnogen gigantlar algoritmlarining salbiy ta’siridan himoya qilishga qaratilgan.