“DanAds” kompaniyasi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan reklama texnologiyasi sohasidagi mashhur kompaniya bo‘lib, Toshkentda o‘zining yangi ofisi ochilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Ushbu ofis “DanAds” xalqaro tarmog‘ining yangi bo‘g‘ini sifatida korxonaning Markaziy Osiyoga bo‘lgan strategik qiziqishini aks ettiradi, mahalliy va mintaqaviy mijozlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytiradi, hamda reklama texnologiyalaridagi innovatsiyalarning rivojlanishini tezlashtiradi.
14-noyabr kuni Toshkentda markaz ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “DanAds”ning raqamli taraqqiyot va mintaqada texnik iste’dodlarni rivojlantirishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy hamkorlar, jumladan, “IT Park Uzbekistan”, Inha universiteti, “MohirDev” va “Najot Ta’lim” o‘quv markazlari vakillari ishtirok etdi.
Toshkentda ofisning ochilishi “DanAds”ning Stokgolm, Nyu-York, Varshava, Amsterdam va Londondagi mavjud ofislari kabi o‘z faoliyatini boshlash orqali o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi reklama texnologiyalari sohasidagi mavqeini mustahkamlash borasidagi intilishlarini namoyon etadi.Yangi ofis hamkorlik markaziga aylanishi bilan “DanAds”ga mijozlarga yanada samarali yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Markaz ochilishiga taklif qilingan “DanAds”ning Stokgolmdagi ofisi vakillari, TATU (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) ga tashrif buyurib, yuqori kurs talabalari uchun taqdimot o‘tkazdilar. Unda dasturlar ta'minotlarni testlashni avtomatlashtirish (QA Automation) yo'nalishi bo‘yicha yangi amaliyot dasturi taqdim etildi. Ushbu uch oylik dastur bo‘yicha ma’lumotga ega, lekin sohada katta tajribaga ega bo‘lmaganlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, reklama texnologiyalari sohasida sifatni ta’minlashni avtomatlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.
Amaliyot dasturining asosiy xususiyatlari:
- kompleks o‘qitish: amaliyotchilar soha mutaxassislari rahbarligida sifatni ta’minlashni avtomatlashtirish bo‘yicha amaliy tajriba oladilar;
- ko‘nikmalarni rivojlantirish: dastur “JavaScript”, “OOP” tamoyillarini, “Git” versiyalarni boshqarish tizimini va asosiy test metodikalarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi;
- madaniyatlararo o‘zaro aloqalar: ishtirokchilar xalqaro va dinamik muhitda ishlab, ingliz tilidagi bilimlarini yaxshilashadi;
- karyera: muvaffaqiyatli amaliyotchilar yakuniy suhbatdan so‘ng “DanAds” jamoasida doimiy ish taklifi olishlari mumkin;
- oylik stipendiya.
Nomzodlar quyidagi manzillar orqali murojaat qilishlari mumkin:
- Google-formani to‘ldirish;
- vakansiya portallari: ish qidirish uchun turli onlayn platformalar;
- LinkedIn: to‘g‘ridan-to‘g‘ri platforma orqali murojaat qilish.
“DanAds” haqida
“DanAds” o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan reklama innovatsiyalarni rivojlantirish uchun “Tripadvisor”, “Bloomberg” va “The Washington Post” kabi mashhur global brendlar bilan hamkorlik qiladi. “DanAds” o‘zining hamkorlik madaniyati va ijodiy muhiti bilan mashhur bo‘lib, bu jamoalarga reklama texnologiyalarini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shish imkonini beradi.
Dasturlar ta'minotlarni testlashni avtomatlashtirish (QA) amaliyoti dasturi yoki boshqa ish imkoniyatlari haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun saytiga tashrif buyurish yoki ijtimoiy tarmoqlarda “DanAds”ni kuzatib borish mumkin.
Telefon: (+998) 95−845−07−40.
E-mail: internship.danads.ca@danads.se
Sayt: danads.com
Reklama huquqlari asosida.