Markaziy bankning 29-noyabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 865,05 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 28-noyabr kuni belgilangan 12 848,38 so‘m qiymatga nisbatan 16 so‘m 67 tiyinga qimmatladi.
29-noyabr kuni “Infinbak”, “KDB Bank Uzbekistan”, “Garant bank” va “Turonbank"da sotish kursi 12 925 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 920 so‘mdan 12 870 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 830 so‘mdan 12 780 so‘mgacha yetdi.
Joriy oyda kurs ketma-ket ikki marta rekord darajaga ko‘tarilib, 20-noyabr kuni 12 855 so‘mni, 19-noyabr kuni 12 844 so‘mga yetgandi.
23-oktabr kuni dollar kursi oktabr oyi uchun sakkizinchi marta rekordni yangilab, 12 827,90 so‘mni tashkil qilgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.
Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi.
Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.
Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq.