“Mercedes-Benz” 1954-yilda ishlab chiqarilgan noyob “W 196 R Stromlinienwagen” poyga mashinasi “Sotheby's” auksionida sotiladi, deya xabar berdi “Championat.com”.
Kimoshdi savdosi 2025-yil fevral oyining boshiga rejalashtirilgan. Lotning boshlang‘ich narxi 50 mln yevroni tashkil qiladi.
Jami 14ta Stromlinienwagen ishlab chiqarilgan, ammo 1955-yil oxiriga kelib ulardan faqat o‘ntasi saqlanib qolgan.
Avtomobilning o‘ziga xosligi shundaki, u turli kuzovlar bilan jihozlanishi mumkin.
Sotuvga qo‘yilayotgan avtomobil jismoniy shaxslar sotib olishi mumkin bo‘lgan to‘rtta avtomobilning birinchisidir.
Dastlab, bu “Mercedes-Benz W 196 R” (seriya raqami 00009/54) ochiq g‘ildiraklar bilan ishlab chiqarilgan, ammo 1955-yilda Montsedagi bosqichga kelib, u yangi kuzovda qayta qurilgan.
Ochiq g‘ildiraklar bilan Fanxio ushbu mashinada 1955-yilgi Argentina Gran-prisida g‘olib chiqdi va uning yangi kuzovida Italiya Gran-prisida Stirling Moss boshqargan — u marraga yetib bormadi, lekin poyganing eng yaxshi davrasini ko‘rsatdi.
Avvalroq “Spot” “Mercedes-Benz” 27 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib olishi haqida yozgandi.
Avtomobillarning qaytarib olinishiga ulardagi V8 dvigatellarning to‘xtab qolishi mumkinligi sabab bo‘lgan.
Shuningdek, kompaniya Xitoyda qariyb 360 mingta avtomobilini qaytarib olishi haqida xabar berilgandi.
Avtomobillarning qaytarib olinishiga ishonchsiz saqlagich, akkumulyatordan oqayotgan elektrolitlar va haydash paytida dvigatellar to‘xtab qolishi sabab bo‘lgan.