“YouTube blogerlardan Roskomnadzor blokirovkalarini aylanib o‘tish haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan videolarni olib tashlashni so‘radi. Bu haqda “RBC” nashri xabar berdi.
Ayni paytda videoxosting VPN’ni ommalashtiradigan 300dan ortiq materiallarni olib tashlashi kerak
“YouTube” o‘z foydalanuvchilarining bir qismini Roskomnadzor" “Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonunning 15.1-moddasi 7-qismiga asosan blokirovkalarni aylanib o‘tish usullari bilan ularning roliklarini taqiqlangan ma’lumotlar reyestriga kiritgani haqida xabarnoma yubordi.
Bildirishnomadan ma’lum bo‘lishicha (nusxasi “RBC"da mavjud), “YouTube” foydalanuvchi bunday videoni mustaqil ravishda o‘chirmasa, kompaniya kontentni bloklashga majbur bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
“Roskomnadzor” vakili VPN va blokirovkalarni chetlab o‘tishning boshqa usullarini ommalashtiradigan materiallarni olib tashlash bo‘yicha talablar yuborganliklarini tasdiqladi.
“Hozircha „YouTube“ ma’muriyati tomonidan Rossiyada noqonuniy kontentga kirish blokirovkalarini chetlab o‘tish uchun VPN-servislari va boshqa dasturlardan foydalanishni ommalashtiradigan 300 dan ortiq materiallarni olib tashlash talabi bajarilmagan,” — dedi Roskomnadzor vakili.
Avvalroq “Roskomnadzor” 2024-yil 30-noyabrdan boshlab Rossiyada blokirovkalarni chetlab o‘tish uchun ishlatiladigan VPN-servislar haqidagi ilmiy va statistik ma’lumotlarni e’lon qilgan saytlarni bloklashni boshlashi haqida xabar berilgandi.
Taqiq bo‘yicha tegishli buyruq huquqiy axborot portalida e’lon qilindi va u 2029-yil 1-sentabrgacha amal qiladi.
Buyruq matniga ko‘ra, ilmiy va texnik materiallar, shuningdek, bloklangan resurslarga kirish uchun VPNdan foydalanish bilan bog‘liq ma’lumotlar taqiqlanadi.
Himoyalangan masofaviy kirishni ta’minlash uchun ishlatiladigan VPN haqidagi ma’lumotlar bundan mustasno.
Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar blokirovkalarni chetlab o‘tish texnologiyalari ommalashuvining oldini olishga qaratilgan.
Tushuntirish xatida Roskomnadzor bunday xizmatlardan faqat maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash uchun foydalanish kerakligini ta’kidladi.
Davlat organlari, hokimliklar va yirik kompaniyalar, shu jumladan banklar ushbu vazifaga faol tayanadilar.
Jotiy yil 1-martdan Rossiyada VPN xizmatlarini reklama qilish taqiqlanishi haqida xabar berilgandi.
O‘tgan yilning oktabrida esa “Roskomnadzor” taqiqlangan saytlarga kirishni ta’minlovchi VPN xizmatlari bloklashi haqida ma’lum qildi.
Avvalroq “Spot” “YouTube” VPN orqali ulangan “Premium” obunalarini bekor qila boshlagani haqida yozgandi.
Foydalanuvchilar “Premium” obunani arzonroq narxda taklif qilingan mamlakatni ko‘rsatish uchun joylashuv ma’lumotlarini o‘zgartirish uchun VPN’dan foydalanganlar.