“SuperApp” — bu hayotning turli sohalarida foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondiradigan har xil mahsulot va xizmatlarni birlashtiruvchi ko‘p funksiyali ilova. Mazkur format barcha kerakli xizmatlarni yagona interfeysda olish imkonini beradi.

Biznes uchun yangi imkoniyatlar

“Click” har qanday miqyosdagi biznes uchun “Click SuperApp” platformasida shaxsiy mini-ilovalar ochish imkonini beradi. Mazkur platforma kartalari allaqachon bog‘langan 18 million nafar ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarni taqdim etishi sababli biznes uchun juda manfaatlidir. Alohida ilova uchun bu kabi miqdordagi foydalanuvchilarni jalb qilish ko‘p yil va katta mablag‘ talab qilgan bo‘lar edi.

Biznes integratsiyasini osonlashtirish uchun “Click” tayyor hamkorlar yechimlarini taklif qiladi, ular yordamida mini-ilovalarni ko‘p mablag‘ sarflamagan holda yaratish mumkin.  

Ilk ilovalar “Click SuperApp”da allaqachon mavjud — bu yil foydalanuvchilar taom va gullarni yetkazib berish, shuningdek, poverbanklarni ijaraga olish kabi imkoniyatlarni qo‘lga kiritdi. Ushbu model talabgir bo‘lib chiqdi — odamlar ko‘plab ilovalarni yuklab olishni, har birida ro‘yxatdan o‘tishni va kartalarni bog‘lashni xohlamaydi, ayniqsa, bu yangi xizmat bo‘lsa. “Click”da foydalanuvchi keraksiz qadamlarsiz xizmatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, “Click” oflayn joylarda to‘lov imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Bugunning o‘zida “Click SuperApp” ilovasi orqali “Tez QR” terminallarida QR-kod yordamida to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. 

“Click” o‘z hamkorlari uchun QR orqali to‘lov muammosini hal qiladigan “Click Sado” ustunlarini yaratdi. Odatda, to‘lov ilovalari orqali QR-kod bilan to‘lovni amalga oshirishda sotuvchi o‘z telefonini olib, kelib tushishini tekshirishi, xaridor smartfoni ekraniga qarashi yoki to‘lov amalga oshganini tasdiqlash uchun qo‘ng‘iroq qilishi kerak bo‘ladi. Yangi qurilma bu muammoga barham beradi. Sotuvchi to‘lov amalga oshgan-oshmaganini tekshirishi shart emas – muvaffaqiyatli tranzaksiya vaqtida terminal maxsus signal orqali to‘lov haqida xabar berib, summani aytadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun xizmat

“Click Business”ning navbatdagi yangiliklaridan biri yakka tartibdagi tadbirkorlarga qaratilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda 4 milliondan ortiq kishi yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega. “Click”da bir daqiqadan kam vaqt ichida profilni ro‘yxatdan o‘tkazish va keyin QR-kod yordamida alohida hamyonga mijozlardan to‘lovlarni qabul qilishni boshlash mumkin. Mablag‘ hamyonga shu ondayoq borib tushadi va undan birdaniga foydalanish, masalan, hamyondan to‘lash yoki “Click”ga bog‘langan boshqa kartalarga pul o‘tkazish mumkin. Shaxsiy kabinetda to‘lovlar va xarajatlar haqidagi ma’lumotlar qulay formatda taqdim etilgan, bu esa, o‘z navbatida, moliyani samarali boshqarishga yordam beradi.

Foydalanuvchilar uchun yangi yechimlar

“Click” o‘zining yangilangan “Click Premium” obunasida manfaatli shartlarni taklif qildi.

Obuna narxi 35 000 so‘mga tushdi va unga Uzcard va Humo kartalari o‘rtasida oyiga 8 million so‘mgacha bepul o‘tkazmalar, premium qo‘llab-quvvatlash, ko‘paytirilgan keshbek va to‘lovlar tarixini qulay formatda kuzatib borish kabi imkoniyatlar kiradi.

Shuningdek, foydalanuvchilar “Click Travel” sayohatni rejalashtirish platformasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xizmat maanfaatli chegirmalarni topish, tayyor turlarni xarid qilish, mehmonxonalar va aviachiptalarni band qilish, shuningdek, sug‘urta qilish imkonini beradi. Ilova BAA, Misr va boshqa mamlakatlardagi mashhur kurortlarga sayohatlarni taklif etadi.

Marosimda taqdim etilgan yana bir xizmat — bu butun oila uchun kontentga ega bo‘lgan “Click TV” platformasi. Foydalanuvchilar har bir oila a’zosi uchun shaxsiy tavsiyalar, jumladan, bolalar kontentini olish uchun alohida profillarni sozlashlari mumkin. Platformada 150 ta telekanal (musiqa, sport, ko‘ngilochar), shuningdek, ko‘rsatuvlar, seriallar va filmlarni, jumladan, o‘zbek tilida ham tomosha qilish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.