“Profi University” asoschisi Bektosh Hatamov tavsiya qilgan 5ta kitob
Tadbirkor muvaffaqiyatga erishish, biznesni tizimlashtirish va yaxshi odatlarni shakllantirishga yordam beruvchi kitoblar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
Markaziy bank bitta foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini cheklashni rejalashtirmoqda
Behzod Hamrayevning ta’kidlashicha, ayrim mijozlar yuzlab kartalarga ega bo‘lib, bu firibgarlar tomonidan kartalardan mablag‘larning o‘zlashtirilishiga olib kelmoqda.
B&B qahvaxonalari tarmog‘i asoschisi Jahongir Umarovning 5 xatosi
Jahongir Spot’ga joyni noto‘g‘ri tanlash kafening yopilishiga olib kelgani, nima uchun har doim ham eng qimmat uskunalarni tanlash shart emasligi, shuningdek, qanday qiyinchilik bo‘lishidan qat’i nazar hamkorlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish muhimligi haqida so‘zlab berdi.
Ibrat farzandlari: O‘zbekistonda chet tillarini bepul o‘rgansa bo‘ladimi?
Loyiha asoschisi Rustam Qoriyev nega darslar bepul ekanligi, yoshlarning eng katta xatosi nimadaligi hamda oylik maoshni qanday oshirish mumkinligi haqida Spot’ga so‘zlab berdi.
O‘zbekistonda 1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?
Spot dekabr oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Toshkentda pulli parkovkalar tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan auksion yakunlandi. Kim g‘olib?
Yaponiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan Balcomuz kompaniyasi savdolarda 120 mlrd so‘m taklif qilgan. - 2025-yilda O‘zbekistonda avtomobil eksportini $700 mlnga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, keyingi yilda 450 mingta avtomobil ishlab chiqariladi. Davlat rahbari Jizzaxdagi BYD kompaniyasida qo‘shimcha quvvatlarni qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. - 2025-yildan Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxini oshirish rejalashtirilmoqda.
Bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif 3 ming so‘m etib belgilanadi. Agar to‘lov onlayn amalga oshirilsa, bu 1 700 so‘mni tashkil etadi. - O‘zbekiston havo yo‘llari aholini rozi qiladigan darajaga yetgani yo‘q — prezident.
Yil yakunigacha aeroportlarda qo‘shimcha xizmatlarni ikki baravarga, daromadni esa 25%ga oshirish mo‘ljallangan. - “Har bir tadbirkor raqobat sharoitida ishlashni o‘rganishi kerak” — Jamshid Qo‘chqorov.
Bosh vazir o‘rinbosari eksportyorlarga beriladigan ba’zi soliq imtiyozlarining bekor qilinishiga izoh berib, bu Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bilan bog‘liqligini qayd etdi. - 1-dekabrdan boshlab xorijliklar Rossiyaga kirishda biometrik ma’lumotlarini topshirishlari shart bo‘ladi.
Tajriba 2026-yil iyul oyiga qadar davom etadi va dastlabki bosqichda u Moskvaning barcha aeroportlariga tatbiq etiladi. - O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish uchun nima qilish mumkin?
Strategik islohotlar agentligi kelasi yilda mamlakatda ishchi guruh tashkil etishni, dam olish maskanlarining ish vaqtiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni hamda jamoat transportini uzluksiz rejimga o‘tkazishni taklif qilmoqda. - Dollar rasmiy kursi noyabr oyida qanday o‘zgardi?
O‘zbek so‘mi ketma-ket to‘rtinchi oy arzonlashmoqda. Noyabr oyida milliy valyuta 90 so‘m, yil boshidan beri esa 4,26% qadrsizlandi. - Markaziy bank bitta fuqaroga beriladigan kartalar sonini 20tagacha cheklashni taklif qilmoqda.
Bu talab xorijiy valyutadagi kartalardan tashqari virtual va kobeydjing kartalarini ham o‘z ichiga oladi. - Yil boshidan 113 ming nafardan ortiq mehnat muhojirlari qonuniy ravishda xorijga jo‘natildi.
Rossiyada o‘zbekistonliklarga taklif etilayotgan o‘rtacha ish haqi miqdori ayniqsa, xizmatlar sohasida 38%ga oshgan.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
Toshkentda yangi Trilliant biznes markazi ochildi
Trilliant yangi biznes markazi jahon darajasidagi biznes ofislari, mehmonxona, kongress markazi va zamonaviy savdo maydonchalarini taklif etadi.
“DanAds” kompaniyasi Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirmoqda
Toshkentda yangidan ochilgan ofis reklama qilish texnologiyalari sohasida innovatsiyalar va iste’dodlarni rivojlantirish markaziga aylanadi.
“Click” “SuperApp"ga aylandi: foydalanuvchilar va biznes uchun yangi imkoniyatlar
29-noyabr kuni “Click” “SuperApp"ga aylanishini e’lon qildi va foydalanuvchilar va biznes uchun yorqin o‘zgarishlar haqida gapirdi.