2024-yilning yanvar-oktabr oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Shundan 182,9 mlrd so‘mi, ya’ni 16,8%i 20ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2,7 trln so‘mni, soliq imtiyozlari esa 56,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Yanvar-oktabr oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonasi “Mak Food Servis” — “Evos” brendi bo‘ldi. Korxona tomonidan 58,6 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Shuningdek, korxonaning tovar aylanmasi 732,6 mlrd so‘mni, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari 12,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ikkinchi o‘rinda “KFC” tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — “International Foodchain” turibdi. Kompaniya 622,5 mlrd so‘m aylanma bilan 44 mlrd so‘m soliq to‘ladi.
Kuchli uchlikni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining umumiy ovqatlanish sho‘ba korxonasi “Ketring” kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Korxona to‘qqiz oyda 295,4 mlrd so‘mlik aylanmasi bilan 22,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Quyida 20ta umumiy ovqatlanish korxonalari har birining tovar aylanmasi, to‘langan soliqlari va imtiyozlari ko‘rsatilgan:
№ | Kompaniya nomi | Tovar aylanmasi, mlrd so‘mda | To‘langan soliqlar, mlrd so‘mda | Soliq imtiyozlari, mlrd so‘mda |
1 | “Mak Food Servis” (Evos) | 732,6 | 58,6 | 12,3 |
2 | “International Foodchain” (KFC) | 622,5 | 44 | 23,5 |
3 | “Ketring” | 295,4 | 22,4 | 5,3 |
4 | Chef Katering | 147,9 | 5,4 | 1,3 |
5 | Euro Asia Lider Service | 15,5 | 4,7 | 1,3 |
6 | Savdo | 91,8 | 4,6 | - |
7 | Vanilla Food | 41 | 3,8 | 0,5 |
8 | Blackpilaf | 70,8 | 3,7 | 0,7 |
9 | Aviatika | 15,9 | 3,6 | - |
10 | Feedup Eco | 122 | 3,6 | 1,1 |
11 | Good Food Catering | 72,6 | 3,3 | - |
12 | PJ Eastern Group | 29 | 3,2 | - |
13 | Alfa Best | 54,2 | 3,1 | 7,8 |
14 | Oqtepa Food Service | 134 | 3,1 | 0,7 |
15 | Ol Foodchain | 73,7 | 2,9 | 0,5 |
16 | Xonobod Fayz Taomlari | 23,7 | 2,8 | - |
17 | Sirovarnya Super Food | 69,4 | 2,7 | - |
18 | Efendi Co Ltd | 11,4 | 2,6 | - |
19 | Maxway Food | 94,2 | 2,4 | 0,5 |
20 | French Pastry | 27,8 | 2,4 | 0,9 |
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniyalar ma’lum qilingani haqida yozgandi.
To‘qqiz oyda 61ta xorijiy kompaniya tomonidan 101,9 mlrd so‘mga yaqin soliq to‘langan. Ulardan eng ko‘p soliq to‘lovchi 41,1 mlrd so‘m bilan “Meta” bo‘ldi.