Oktabr oyida aholining chet el valyutasini sotish va xarid qilish o‘rtasidagi ijobiy tafovut $600 mlndan oshdi. Bu haqda Markaziy bankning jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalariga oid qisqacha sharhida keltirilgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida banklar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valyutasi xaridi va sotuvi bo‘yicha operatsiyalar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19%ga oshib, $20,91 mlrdga yetdi. Bu davrda aholi $13,2 mlrd (+32%) miqdorida xorijiy valyuta sotgan, $7,72 (+2) mlrd miqdorida sotib olgan.

Natijada, o‘zbekistonliklar banklarga sotib olganidan $5,46 mlrdga ko‘p valyuta sotdi. Regulyatorning qayd etishicha, bu ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

valyuta bozori, markaziy bank, banklar, valyuta

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar 31%ga oshdi. Asosiy o‘sish markazlashmagan investitsiyalarga to‘g‘ri kelib, ularning jami hajmdagi ulushi 89%ni tashkil etdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 1,6 barobarga ko‘payib, $8 mlrdga yetdi.

11 oy yakunlariga ko‘ra, o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan atigi 4,26%ga qadrsizlandi, bu iste’mol narxlari o‘sishidan ikki baravar pastdir. Kuchli milliy valyuta sharoitida import arzonlashadi, eksport jozibadorligi esa pasayadi.

Avvalroq “Spot” O‘monning “Sohar International” banki O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.